Zal bayramona bezatilgan, bolalar qo’llariga sharlar bilan zalga kirib kelmoqdalar.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, hurmatli ota-onalar va tarbiyachilar. Dehqon bobomizning mehnati bilan kuzimizning sahovatidan minnaddorchilikning nishonasi bo’lmish “Mehrjon-hosil” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
O’tib ketdi kuz fasli
Kuzda bo’lsin ko’p olqish
Xirmonizga baraka
Ko’p olqishlar senga kuz.
“Binafsha” guruhi bolajonlari bayram ertaligi tayyorlab kelishgan. Marhamat hozir e’tiboringizha ushbu bayram ertaligini havola etamiz, Marhamat!
Bola: Keldi kuz chog’i
Mevalar pishdi
Daraxtlar shoxi
Egilib tushadi.
Bola: Bugun bizga shodiyona
Bu kuzimiz bayrami
Barakali To’kin Kuz
Mehrjonim bayrami
Tarbiyachi: Endi navbatni mevalarimizga beramiz, marxamat. Kuz fasli bizga mehmonga kelgan.
Bola: Men sizlarning olmangiz
Xomligimda olmangiz
Azizjonga o’xshab so’ng
Voy qornim deb qolmangiz.
Bola: Men gilosman quloq sol
Rangim yoqut totim bol
Qulog’ingga taqib ol.
Tarbiyachi: endi navbat “Kuz” qo’shig’iga.
Tarbiyachi: uzumni davramizga taklif etamiz.
Bola: Donalarim marjoncha
Bir boshim naq bir boshcha
Quritsangiz mayizman
Dasturxonga fayzman.
Bola: Beqasam to’n tarvuzman
Bozorlarga yuboring
To’yib ketsin yaxshilar
Qolmasin hech g’ubori.
Tarbiyachi: Endi navbat qo’shiqqa ”Mehrjon”
Bola: Oldik ko’p hosil
O’rik, olma, nok
Shakardek asal
Uzum qildi tok.
Bola: Ko’kday bepoyon
Boyliklarga kon
Keng paxta maydon
Mening vatanim.
Bola: Boqqa kirsam olmalar
Qip-qizarib pishibdi
Silkitibdi shamollar
Yerga to’p-to’p tushibdi.
Bola: Quvonch to’la dilimda
Qo’shiq yangrar tilimda
Sen sovg’amsan elimda
Paxtajonim paxta.
Tarbiyachi: endi stulcha atrofida o’yinga marhamat.
Tarbiyachi: Mana bugungi bayram ertaligimiz o’z nihoyasiga yetdi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo’lsin.