1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan) 1-7 Sinflar Tasviriy san’at fanidan 100 ta savol (Javobi bilan)1-SINF1-savol. Rang tasvir ustalari rasm chizishda qanday materiallardanfoydalanadi?Javob; Rang tasvir ustalari rasm chizishda mo’yqalam, palitra, qog’ozo’chirg’ich, bo’yoq va boshqa materiallardan foydalaniladi.2-savol. Manzara janrida ijod qilganqaysi rassolarni bilasiz?Javob; M anzara janrida ijod qilgan rassomlar O’rol Tansiqboev,Ro’zi Choriev,Zokir Inog’omov va boshqalar.3-savol. Akvarel bo’yoqlaridan tasviriy san’atning qaysi turida foydalaniladi? Javob; Tasviriy san’atning rang tasvir turida.4-savol. Zarg’aldoq rang qaysi ranglarni qo’shish orqali xosil qilinadi?Javob; Qizil sariq ranglarni qo’shish orqali.5-savol. Qanday naqshlar yo’lsmon naqshlar turi hisoblanadi?Javob; Yo’lsimon ko’rinishdagi o’simlik va geometrik shakllardan tashkil topgan naqshlar.6-savol. Loydan o’yinchoqlar yasash bo’yicha Buxorolik mashhur xaykaltarosh ustasining ismi-sharifi?Javob; Loydan o’yinchoq xaykalchalar yasash bo’yicha mashxur usta Bobkent tumanidagi Uba qishlog’idan Xamro Rahimova.7-savol, Stekdan qanday ishlarda foydalaniladi?Javob; Stekdan xaykal ishlashda foydalaniladi.8-savol. Oq va qora ranglar aralashmasidan qanday rang paydo bo’ladi?Javob; Oq va qora rang aralashmasidan kulrang xosil bo’ladi.9-savol. Mashxur O’zbek rassomi Zokir Inog’omov xosil yig’im terimiga bag’ishlangan qaysi asarni yaratgan?Javob: “Choyga” asarini yaratgan.10-savol. O’rol Tansiqboevning bahor faslini tasvirlovchi mashxur asari?Javob; “O’zbekistonda Mart” asari. 2-SINF11-Savol. Yashil rang qaysi bo’yoq aralashmasidan xosil bo’ladi?Javob; yashil rang zangori va sariq rang aralashmasidan xosil bo’ladi.12-savol. Asosiy ranglar qaysliar?Javob; asosiy ranglar qizil, sariq va zangori ranglardir.13-savol. Xosila ranglar qaysilar?Javob; Xosila ranglar zarg’aldoq, yashil va binafsha ranglar14-savol. Guash bo’yogi tasviriy san’atning qaysi sohasida ko’p ishlatiladi?Javob; rang-tasvir, badiiy bezak va naqqoshlikda.15-savol. Qanday naqsh doirasimon naqshdir?Javob; doira ichiga joylashtirilgan naqsh.16-savol. Qanday naqsh kvadrat naqsh?Javob; kvadrat ichiga joylahtirilgan naqsh kvadrat naqshdir.17-savol. Qalamda ,bo’rda,ko’mirda, toshda yozish, chizish,tasirlash tasviriy san’atning qaysi turiga kiradi?Javob; grafika turiga.18-savol. Natyurmort nima?Javob; natyurmord- bu jonsz buyumlar tasviri.19-savol. Xaykaltaroshlikda qanday materiallardan foydalaniladi?Javob; xaykaltaroshlikda loy, yog’och, plastlin, tosh,mis, kumush, bronza, oltin va xokazolardan foydalaniladi.20-savol. Loydan yaratilgan buyumlarga nimalar misol bo’la oladi?Javob; loydan yaratilgan sopol va chinni buyumlar-choynak, piyola,idish –tovoqlar, ko’za ,xum va xokazolar.21-savol. Naqshlar nima maqsadda yaratiladi?Javob; naqshlar kiyimlar, gilam va uylarni, matolar, idish — tovoqlarni badiiy bezash maqsadida yaratilai.22-savol. Masjid, madrasa,minora, imoratlar, xiyobonlar va shaxar qurilishi tasviriy san’atni qaysi turiga kiradi.Javob; memorchilik turiga kiradi.3-SINF23-Savol. Applikatsiya nima?Javob; Applikatsiya –bu rangli qog’ozlar, materiallar,tashlandiq materillar bilan tasvirlar xosil qilish.24-savol. Shobarg, oygul bargi ,bodom, zanjira xalq amaliy san’atining qaysi turida ishlatiladi?Javob; kashtachilik, zardo’zlik va naqqoshlikda.25-savol. Rel’ef nima?Javob; rel’yef- bu tekis yuzaga qavariq xolda ishlangan xaykal.26-savol. Maishiy janrda rasmlar ishlangan rassomlardan kimlsrni bilasiz?Javob; Maishiy janrda rasmlar ishlagan rassomlardan Ro’zi Choriev, Alisher Mirzaev, Mannon Saidov.27-savol. Mashxur O’zbek rassomlaridan kimlarni bilasiz?Javob; O’rol Tansiqboev, Malik Nabiev, Abdulhaq Abdullaev,Samig’ Abdullaev, Ro’zi Choriev va boshqalar.28- savol. Palitra nima?Javob; Palitra –bu ranglarni bir – biriga qorishtirish uchun ishlatiladigan qog’oz, fanera materiali. 29-savol. Xoshya san’atining qaysi turida ko’p ishlatiladi?Javob; amaliy bezak san’atida ko’p ishlatiladi30- savol; jigarrang qaysi ranglardan xosil qilinadi?Javob; jigarrng qizil va binafsha ranglardan xosil qilinadi.31-savol. Kompozitsiya nima?Javob; kompozitsiya – bu tasvirlarni, buyum va tabiat ko’rinishini qog’oz va boshqa tekslik yuzasiga joylashtirish.32-savol. To’q rangga qaysilar kiradi?Javob; to’q rangga zangori, jigarrang va binafsha kiradi.33-savol. Jiyak, gajak, jingalak, morg’ula, xoshiya, oygul kabi iboralar amaliy san’atning qaysi turida ko’proq ishlatildi?Javob; naqqoshlikda.34-savol. Peyzaj janrida nima tasvirlanadi?Javob; tabiatning ko’rinishi.35-savol. Rasm haykaldan nimasi bilan farq qiladi?Javob; rasmda xajm yo’q, xaykal esa xajmli bo’lib uning atrofidan aylanib ko’rish imkoniyati bilan farq qiladi.36-savol. Stilizatsiya nima?Javob; stilizatsiya – bu gul, barg, qush, va hayvonlarni soddalashtirib tasvirlashdir.37-savol. Naqshlar nimalardan xosil qilinadi?Javob; naqshlar bark. Meva sabzovot, qush va xayvonlarning tasvirlardan xosilqilinadi.4-SINF38-Savol. Natura nima?Javob; Natura – bu tasvilash uchun qo’llqniladigan buyum, obyekt.39-savol. Qanday ranglar iliq ranglar?Javob; qizil, sariq, pushti va sabzi rang.40-savol. Sovuq rangga qaysilar kiradi?Javob; havo rang, moviy, ko’k, yashil, binasha.41-savol. Qoralama tasvir nima?Javob; qoralama tasvir –bu qisqa vaqt ichida qalam,ko’mir, bo’r va boshqa materiallar bilan ishlangan tasvir.42-savol. Ranglama iborasining ma’nosi nima?Javob; bo’yoqlar bilan qisqa vaqt ichida bajarilgan tasvir.43-savol. Xromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?Javob; oq, qora, kul rang.44-savol. Axromatik ranglarga qaysi ranglar kiradi?Javob; oq, qora, kulrangdan tashqari xamma ranglar kiradi.45-savol. Xaykaltaroshlikda qaysi qurollarniva materiallarni bilasiz?Javob; plastilin, loy ,yog’och, ganj, bronza, kumush, tosh, oltin, mis, stek va xokazolar.46-savol. Maishiy janrga oid qaysi asarlardan na’munalar keltira olasiz?Javob. “Oila” “Ishtaha” “Onalik” “Tong” .47-savol. Tasviriy san’at qanday turlardan iborat?Javob; rang tasvir, grafika, xaykaltaroshlik, amaliy bezak san’ati, memorchilik.48-savol. Rang tasvir san’atining qanday janrlari bor? Javob; monumental va dastgohli rangtasvir.49-savol. Grfika san’atining qanday turlari bor?Javob; qalam-tasvir, plakat, vitraj, yozuv-chizuv, matbuot grafikasi, tush, pastel va boshqa vositalar yordamida tasvirlash, ofart v a xokazolar.50-savol. Haykaltaroshlik san’atining qanday turlri bor?Javob; monimental, dastgoh, dekorativ haykaltaroshlik.51-savol. Xalq amaliy san’atining qanday turlari bor?Javob; naqqoshlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, zardo’zlik, zardo’zlik va xokazolar.52-savol. Mifologik jarda nimalar tasvirlanadi?Javob; mifologik janrda afsonaviy voqelar tasvirlanadi. 53-savol. Animal janrda nimalar tasvirlanadi?Javob; animal janrda hayvonlar obrazi tasvirlanadi.54-savol. Marenistik janrda nimalar tasvirlanadi?Javob; marenistik janrda suv, yani daryo, dengiz ,okeandagi holatlar tasvirlanadi.55-savol. Batal janrda nimalar tasvirlanadi?Javob; batajanrida jang manzarasi tasvirlanadi.5-SINF56-savol. Miniatyura qanday san’at?Javob; minatyura- mujaz (mini-kichik) san’at57-savol. Miniatyura san’atining rivojiga ulkan xissa qo’shan mashhur o’zbek miniatyurachi rassom kim?Javob; Kamoliddin Behzod.58-savol. “Sharq Rafaeli” deb nom olgan buyuk rassom kim?Javob; Kamoliddin Behzod.59-savol. O’zbekistonda qadimiy obidalar ko’p saqlangan shaharlar?Javob; Buhoro, Samarqand, Xiva.60-savol. Me’morchilik san’atida qo’llaniladigan qaday iboralarni bilasiz?Javob; arka, peshtoq, ravoq, sharafa, koshin, masjid, xonaqoh , madrasa, minora, maqbara, ustun, mehrob, loyiha va hokazo.61-savol. Koshinkorlik tasviriy san’atining qaysi turida ishlatiladi?Javob; memorchilik san’atida..62-savol. Buhorodagi Ibn Sino haykaliningmuallifi kim?Javob; xaykaltarosh Abdurhmonova.63-savol. Buhoro shahridagi “Labihovuz” ansanbliga qanday imoratlar kiradi?Javob; Nodir Devonbegi madrasasi, Devonbegi Xonaqosi, Ko’kaldosh madrasasi kiradi.64-savol. Buhorodagi Minorai Kalon qachon va qaysi usta tomonidan qurilgan?Javob; Minorai Kalon 1127-yilda Ustabaqo tomonidan qurlgan.65-savol. Samarqanddagi “Registon” maydonidagi ansanbilga qaysi imoratlar kiradi?Javob; Sherdor, Tillakori, Ulug’bek.66-savol. Toshkentdagi Amir Temur haykalining muallifi kim?Javob; amaki, jiyan Jabborovlar67-savol. Ichan Qal’a obidasi qaysi shaharda?Javob; Xivada.68-savol. Islimi iborasining ma’nosi nima?Javob; o’simliksimon shakillardan tashkil topgan naqshlar.69-savol. Xalq amaliy san’atining respublikamizdagi keng rivojlngan markazlari qaysilar?Javob; Buhoro,Xiva, Marg’ilon.70-savol. Perspektiva so’zining ma’nosi nima?Jaob; borliqdagi mavjudod kishi ko’zidan uzoqlashgan sari kichiklashib yoki yaqinlashib, kattalashib ko’rinishi.71-savol. Yorug’- soya qonunlariga oid qanday iboralar ishlatiladi?Javob; refleks soya, yaim soya, to’q soya, tushuvchi soya, blik. 6-SINF72-savol. Avtoportret iborasining mazmuni nima?Javob; rassomning o’z tasvirini oynaga qarab tasvirlash.73-savol. Zastavka (bosh bezak) nima?Javob; kitobning boshlanishdagi bezak.74-savol. Konsovka (yakunlovchi bezak) nima?Javob; kitobning oxiridagi bezak.75-savol. Illyustratsiya nima?Javob; kitobdagi badiiy asar mazmuniga oid lavhalarni tasvirlovchi tasvir.76-savol. “ Oq saroy” tarixiy majmuasi qaysi shaharda joylashgan?Javob; Shahrisabzda.77-savol. Ulug’bek nomi bilan ataluvchi madrasalar respublikamizning qaysi shaharlarida qurilgan?Javob; Buhoro, Samarqand, G’ijdivonda.78-savol.Sharq mamlakatlarining qaysilarida miniatyura maktablari faoliyat ko’rsatg?anJavob; Bag’dod, Tabriz ,Sheroz, Xirot, Xind, Buhoro va Samarqandda.79-savol. O’zbekiston haykaltaroshlaridan kimlarni bilasiz?Javob. Ilhom Jabborov, Juldosbek Kuttimurodov, Ulug’bek Mardiev, X.Xusniddinov, Barno Shodieva, Abdumo’min Boymatov, Adurahmonov, Yakov Shapiro.80-savol. Buhoroagi Labihovuz oldida bunyod etilgan Nasriddin afandi haykalining muallifi kim?Javob. Yakov Shapiro.81-savol. Jaxonga mashxur bo’lgan “Tojmahal” memorchilik obidasi qaysi shaxarda qurilgan ?Javob; Hindistonning Agra shaxrida82-savol. Uyg’onish davri san’ati qaysi asirlarni o’z ichiga oladi?Javob; 15—16-asrlar.83-savol. Xind minatyura san’ati maktabining tashkil etilishiga kimlar asos slogan?Javob; Mirzo Boburva o’g’li Humoyun. 7-SINF84-savol. Uyg’onish davrining eng buyuk tasviriy san’at ustalari kimlar ?Javob; Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Titsian ,Chenini85-savol. Toshkentdagi Muqimiy teatri nechanchi yilda qurilgan?Javob; 1943-yilda.86-savol. Mona Liza (Jakonda) asarining muallifikim?Javob; Leonardo da Vinchi.87-savol. Rus rassomi Repinning qanday asarlari bor ?Javob; “Zaparoj’yeliklar” “Kutmagan edilar” “Vo’lgadagi burlaklar”vaxokazolar.88-savol. Mamlakatimizning monumentalist (yirik rasm chizuvchi) rassomi kim?Javob; Ne’mat Qo’zboyev89-savol. Reproduksiya nima?Javob; tasviriy san’at asarini rassom tamonidan ko’chirilgan nusxasi.90-savol. Triptix nima? Javob; bir mavzudagi uch bo’lakdan iborat tasviriy san’at a’sari.91-savol. Jaxondagi eng yirik san’at muzeylari qaysi shaharlarda joylashgan?Javob; Nyu-York, Parij, Drezden va Sank-Peterburg.92-savol. Yevro’pa va Amerikaning dunyoagi mashxur progressive rassomlaridan kimlarni bilasiz?Javob; PabloPikasso, Renato Gutazo vah.k.z93-savol. Etyud nima?Javob: Qisqa vaqt ichida naturadan ishlangan surat94-savol. O`zbekistondagi eng mashxur san`at asarlari qayerdan topilgan?Javob: Varaxsha, Afrosiyob, Tuproq qal`a95-savol. Pablo Pikassoning mashxur asarlaridan birini nomini ayting?Javob.” Shar ustidagi qiz”.96-savol. Dunyodagi eng baland memorchilik obidalari qaysi shaxarda qurilgan?Javob. Nyu-York da97-savol. Tasviriy san`atda keng tarqalgan oqimlar?Javob.Realizm,abstraktsionizm,impressionism98-savol. “Bibixonim” madrasasi qaysi shaharda qurilgan?Javob. Samarqandda99-savol. Daraxtlar tasvirini tasvirlash bo`yicha mashxur rus rassomi kim?Javob. Shishkin100-savol. « Buxoro amaldori« portretining muallifi kim?Javob. Pavel Benkov Darsliklar 80 1 2 3 4 5 Жалоба 144 0 29-11-2023, 15:00