davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining pedagogika bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Taqrizchi:
N.Yuldasheva -Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 160-IDUM oʻzbek tili fani oʻqituvchisi.
OʻZBEK TILI
9-SINF
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 9-sinf oʻquvchilari oʻzbek tilida oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olishi, oʻzaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda oʻz pozitsiyasini himoya qilishi, jamoaviy hamkorlikda ishlay olishi, mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi; ish qogʻozlari bilan ishlay olishi; badiiy va san‘at asarlarini tushunib, ulardan ta‘sirlana olishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi; oʻrganilgan grammatik bilimlarga tayangan holda oʻzbek tilidagi mustaqil va yordamchi soʻz turkumlari, grammatik vositalarning soʻzlarga qoʻshilishi bilan bogʻliq imlo qoidalarini bilish va amal qilishi; soʻzlarni oʻzaro bogʻlash vositalari, soʻz birikmasi, gap va gap boʻlaklari haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan: tez aytish, topishmoq, maqol, masal, rivoyatlarni, oʻrganilgan mavzu boʻyicha oʻzbek adabiyoti namunalaridan berilgan parchalarni oʻqib, soʻzlab berishi, she‘rlarni ifodali oʻqishi va yoddan aytishi; oʻzbek xalqining tarixiy, madaniy hayotiga oid lavhalarni, oʻzbek allomalari, olimlari, madaniyat ravnaqiga hissa qoʻshgan insonlar haqida ma’lumotga ega boʻlishi; oʻzbek tilidagi muomala odobi, murojaat shakllarini, shuningdek, oʻzbek tilida xabarlar, xatlar yozish qoidalarini amalda qoʻllay olishi kerak boʻladi. Shunga koʻra, oʻzbek tili fanidan imtihon materiallari davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturida belgilangan materiallar asosida tayyorlandi. Imtihon biletlari 3 ta savoldan iborat boʻlib, 1-savol 9-sinf darsligida berilgan nutqiy mavzular boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi matnni oʻqib mazmunini soʻzlab berishi hamda matn yuzasidan berilgan savollarga javob berishi, savol tuzishi lozim. Oʻqituvchi darslikda adabiy oʻqish uchun tavsiya etilgan matnlar, she’rlar, mustaqil tanlangan matnlardan parchalarni oldindan tayyorlab qoʻyadi. Oʻquvchi matnni oʻzi bilgan qoʻshimcha ma’ֹlumotlar bilan
toʻldirishi ham mumkin. 2-savol grammatik topshiriq boʻlib, bunda oʻquvchi oʻrganilgan leksik va grammatik materiallar asosida berilgan topshiriqni bajaradi. Ya’ni nuqtalar oʻrnini kerakli qoʻshimchalar, soʻzlar bilan toʻldirishi; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajratishi, berilgan matndagi tushirib qoldirilgan tinish belgilarini oʻrinli qoʻllashi, soʻzlarni oʻz oʻrnida qoʻllab gaplar hosil qilishi talab etiladi. 3-savol erkin mavzuda suhbat tarzida boʻlib, savollar oʻquvchilarning kundalik hayotida zarur boʻlgan soʻzlashuv mavzulari boʻyicha tuzilgan. Oʻquvchi berilgan savollar asosida oʻz fikrini bogʻlanishli bayon etadi yoki she’rni yoddan ifodali aytib, mazmunini qisqacha izohlaydi. Jumladan, Ustozingizga ta’rif bering, qanday kitoblarni oʻqishni yaxshi koʻrasiz?, Oʻzbekistonning mashhur sportchilaridan kimlarni bilasiz?, tejamkorlik deganda nimani tushunasiz? kabi mavzular orqali oʻquvchi ustoziga, kitob oʻqishga, sportga va h.k. boʻlgan munosabati va kelgusi rejalari haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashishi mumkin. Oʻquvchilarga topshiriqlar boʻyicha tayyorlanish uchun 15-20 daqiqa vaqt beriladi.
Oʻquvchilarning imtihondagi javoblari quyidagi me’yorlar asosida baholanadi.
t/r
Baholash mezoni
Ball
1
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she‘rni ifodali yoddan aytib bersa), matn mazmunini (asosiy mazmunini qamrab olgan holda) qayta hikoya qilsa, savollarga toʻliq javob bersa, qoʻshimcha ma’lumotlar bilan boyitsa, matnni, she’rni ifodali oʻqisa va matndagi soʻzlarning lugʻatini bilsa;
5
2
Berilgan grammatik topshiriqni tushunib toʻgʻri bajarsa va izohlab bersa, imlo qoidalariga rioya qilgan holda soʻz va soʻz shakllarini xatosiz yoza olgan boʻlsa;
3
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida ijodiy yondashib oʻzbek tilida oʻzaro erkin muloqot qila olsa, fikrini oʻzbek tilida izchil bayon eta olsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga toʻliq javob bersa.
4
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she‘rni ifodali yoddan aytib bersa), matn mazmunini qayta hikoya qilsa, savollarga toʻliq javob bersa, matnni, she’rni oʻqishda soʻzlarning talaffuzida xatoga yoʻl qoʻysa;
4
5
Berilgan grammatik materialni tushunib toʻgʻri bajarsa, soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻysa;
6
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida oʻzaro muloqot qila olsa, fikrini izchil bayon eta olsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob bersa.
7
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, (she’rni yoddan aytib bersa), matn mazmunini tushuntirishda qiynalsa, savollarga qisman javob bersa, she’rni yoddan aytib berish bilan cheklansa;
3
8
Berilgan grammatik materialni bajarishda qiynalsa, soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻysa;
9
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olmasa, fikrini qisman bayon etsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob berishda qiynalsa.
10
Oʻquvchi tanlangan matnni oʻqisa, biroq mazmunini tushuntira olmasa, she’rni yoddan aytib berishda qiynalsa, savollarga qisman javob bersa;
2
11
Berilgan grammatik materialni bajarishda xatoga yoʻl qoʻysa, soʻz va soʻz shakllarini toʻgʻri qoʻllay olmasa;
12
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu asosida oʻzbek tilida muloqotga kirisha olmasa, oʻz fikrini qisman bayon etsa, mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollarga javob bera olmasa.
13
oʻquvchi tanlangan matnni oʻqishda xatoga yoʻl qoʻysa, she’rni yoddan aytib bera olmasa, savollarga qisman javob bersa;
1
14
Berilgan grammatik materialni bajara olmasa;
15
Suhbat uchun tavsiya etilgan mavzu boʻyicha javob bermasa, qoʻshimcha savollarga qisman javob bersa.
16
Oʻquvchi biletdagi savollarga umuman javob bermasa.
0
Oʻzbek tili
9-sinf
1-BILET
1. “Bu yurt barchamizninki”matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan 5 ta savollar tuzing.
2. Millat, doʻstlik, teng, mustahkamlanmoq, barchamiz soʻzlari ishtirokida
gaplar tuzing.
3. “O‘zbekiston askari” she’rini yoddan aytib bering
2-BILET
1. “Yaxshilik yerda qolmas” matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
2. Berilgan soʻzlarning qarama-qarshi ma’nodagisini yozing.
3. Maqol va hikmatlarni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Yaxshilik qilsang, yashir,
Yaxshilik ko ‘rsang, oshir.
12-BILET
1. “Me’moriy obidalar” matnini oʻqing, matn yuzasidan savollar tuzing.
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklarini ko‘rgani juda ko‘p sayyohlar kelishadi. Samarqanddagi ko‘p me’moriy obidalarini Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan.
3. Telefondan foydalanish qoidalari haqida gapiring.
13-BILET
1. “Odobli bo‘ling” matnini o ‘qing va savollar tuzing.
2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz to ‘ldiruvchilarni toping. Oltin o‘tda bilinadi , odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit so ‘zidan. Birni kessang, o‘nni ek.
3. Ota-ona oldidagi burchingiz haqida so‘zlab bering.
14-BILET
1.” Sharafli burch” rivoyatini o ‘qing va o‘z munosabatingizni bildiring.
2. Tarjimayi holingizni yozing.
3. Transportda yurish qoidalari deganda nimani tushunasiz? Soʻzlab bering.
15-BILET
1. “Muqaddas ayol” matnini o‘qing. Matndan Faylasufning ayolga bergan tavsifini toping va izohlang.
2. Qavs ichiga har bir gap boʻlagining soʻroqlarini qoʻyib chiqing.
Bahorda(……………………) hamma yoq (……………….) ko ‘m-ko ‘k
(……………………) libosga (……………………) burkanadi.
3. Navro‘z qanday bayram?
16-BILET
1. “Ibn Sinoning maslahati” matnini oʻqing va savollar tuzing
2. Berilgan so‘zlarni tartib bilan joylashtirib yozing va ona tilingizga tarjima qiling. Rom qila oladi, hamisha, o‘qituvchimizning, o‘ziga, va, bizlarni, sodda, tushunarli, nutqi.
3. Epidimiologik holat haqida nimalarni bilasiz?
17-BILET
1. “Barkamol avlod – kelajak poydevori” matnini oʻqing, matn yuzasidan
savollarga javob bering.
2. Soʻzlarni oʻz oʻrniga qoʻyib, maqollar hosil qiling.