Zal bayramona bezatilgan musiqa bilan bolalar zalga kirib keladi va jylariga turib oladi.
Boshlovchi:Ona hurmatin tushunmoq uchun,
Anglamoq kerak onalar burchin.
Ona so’zi bu – juda ulug’ zot,
Onamiz bog’bon, onamiz posbon.
Ona uyimiz obodligidir,
Ona uy husni ham shodligidir.
Onalar bizni guldek bezatgan
Shu dunyoga bizni ona keltirgan.
Assalomu alaykum aziz onajonlar ,qalbi daryo opa -singillar, shirindan -shakar jajji qizaloqlar. Men sizlarni 8- mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bola: Opajon to’g’ri aytasiz bu bayram onalar bayrami va shu jumaldan sizning ham bayramingiz.
Bola:Juda to’g’ri agar opamiz bizga ruxsat bersalar biz bu bayramni birgalikda olib borsak.
Bosh: Juda yaxshi bolajonlar unda bayramni boshladik.
Bola:Aziz onajonlar va opa- singillar sizlarni bugungi bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Bola: Ingilizcha tabrik.
Bola: Endi guruhimiz bolalari ham yod olgan sherlari va qo’shiqlarini aytib beradilar.
Ozodbek: Yurtimizda istiqlol
Yozilar, g’azal ,alyor.
Aytishar alla, yor-yor,
Onalar omon bo’lsa.
Go’zal:Biz o’g’il qizlar uchun
Siz muqaddas onasiz.
Aziz farzandlarim deb
Doim kuyib yonasiz.
Hasan: Bu jannat vatanda ,
Siz bosgan izlar.
Ko’zingiz nurlari ,
Biz o’g’il qizlar.
Akram: Jannat bo’lar yer yuzi
Nurga tular er yuzi.
Kuladi baxt yulduzi,
Onalar omon bo’lsa.
Bosh: onajonlarimizga tabrigimizni beramiz.(Bolalar onalarini tabriklaydi)
Bosh: Endi bolalarimiz ijrosida qoshiq tinglaysiz.
Qoshiq: Onajon, onajonginam.
( Bolalar joylariga o’tirib oladilar)
Raqs: Qizlar ijrosida.
( shu payt qolida sandiqcha bilan Egriboy kirib keladi)
Bosh: Voy- voy shoshma sen kimsan.
Egrivoy: Men mashxo’r Egrivoy bo’laman.
Bosh: Bu yerlarda nima qilib yuribsan?
Egrivoy: Meni To’g’rivoy qidirib kelmoqda,mana bu sandiqchani olib qo’ymoqchi iltimos meni yashiringlar.
Bosh: Una sen bolalar yoniga borib o’tir, seni bolalar orasidan topa olmaydi.
( Shu payt To’g’rivoy davraga qayerdasan Egrivoy deb chaqirib kirib keladi
To’g’rivoy: Bu yerda nima bo’lyapri?
Bola: Biz bayramni nishionlayapmiz.
To’g’rivoy: Bu bayram qanday bayram?
Bola; Onajonlar bayrami.
Qiz ; Buvijonlar bayrami.
Bola: Barcha opa- singillar bayrami.
To’g’rivoy: Ha men ham bu bayramga sovg’a olb kelayotgan edim, yulda sovg’a soligan sandiqchamni Egrivoy olib qochib ketdi.Sizlar Egrivoyni ko;rmadingizmi?
Bosh: Demak Egrivoy bizlarni aldabdi.
Egrivoy : Meni kechiringlar , iltimos meni kechir do’stim.Mana sandiqcha.
Bosh: Seni kechirishimiz uchun sen ham bugungi bayramga o’z mahorotingni korsat.
Egrivoy:Kel To’g’rivoy og’il bolalar bilan bir raqs tushib beraylik.
Raqs: Andijon polka.
Bosh: Endi o’g’il bolalar ijrosida raqs tamaosha qilamiz.
(raqsdan so’ng ular xayrlashib sandiqchani boshlovchi bollarga berib ketadi.)
Bola: Mana bu sovg’alarni biz guruhimiz qizlariga beramiz.
(O’gil bolalar birin ketin qizlarni tariflab tabrikni qizlarga beradi)
Bola: Endi she’r va qo’shiqlar aytishni davom ettiramiz.
Temur: Siz mening oily baxtim,
Baxtdan yaralgan taxtim.
Tildan chiqqan ilk so’zim.
Borlig’imsiz onajon.
Yulduz: Ingilizcha she’r aytadi.
Zuxra : 8 – mart bugun,
Onajonlar bayrami.
Yullariga poyondoz ,
Dasta gullar boylami.
Iroda: Mehri daryo onasiz,
So’zlari do’rdonasiz.
Onajonim sog’ bo’ling ,
Nur marjonim sog’ bo’ling.
Bosh: Endi bolalar ijrosida qo’shiq tinglaymiz
Raqs: «Хorazimcha»
Bosh: Engi davramizga o’g’il bolalarimizdan 4tasini taklif etamiz.Bu bolajonlarimiz uchun alohida shartimiz bor. Bugungi bayram opasingillarni ham bayrami bo’lganligi ucvhun, o’g’il bolalarimiz o’z chaqqonliklarini namoyish etib beradilar.Sizlar mana bu kiyimlarni tezda kiyib olishingiz kerak.Va Raqs tushib berasizlar.
Raqs: Bolalar raqs tushib beradilar.
Bosh;Mana o’g’il bolalarimizni ham mahorotini ko’rib oldik.Endi davraga mehribon onajonlarimizni taklif etamiz.( onalar davraga chiqadi)
Hurmatli prizedentimiz tomonidan bu yilni “Sog’lom bola” yili deb nom berildi.Bu bejiz emas farzandlari yo’’lom yurt qudratli bo’ladi.Farzandlarimiz sog’lom bo’lishi uchun biz sport bilanshug’illanishimiz kerak.Hozirgi shartimiz ham sport musaboqasi.Onajonlar farzandlaringizni ham yoningizga chaqirib olamiz.
1.Shart.Do’ppini bir-biriga otish.
2.Shart.Halqalar ichida marraga borib qaytish.
3. Sharlarni boshda olib borib kelish.
Bosh: Rahmat onajonlar, sizlar shirinso’z,mehribon bo’lish bilan bir qatorda judaham chaqqon ekansizlar.
Hurmatli onajonlar opa singillar sizlarni yana bir bor bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bola: Sizlarga tinchlikva oilaviy baxtt tilayman.
Bola: Doimo bizning baxtimizga sog’ bo’ling.
Bosh: Bayramni guruh xonalarimizda davom ettiramiz.
kaptarcha.zn.uz