Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan, oliy ta’lim o‘rta maxsus ta’lim (akademik litsey) va/yoki kasbiy ta’limning (kasb-hunar kolleji) akademik yutuqlariga asoslanadi va o`zida ikki daraja: bakalavr va magistr darajasini mujassamlashtiradi. OO‘MTV o‘quv yilining tashkil etilishi, shu jumladan, o‘quv semestrlarining davomiyligi, imtihonlar topshirish va ta’til muddatini aniqlashtirish uchun mas’ul hisoblanmaydi.
O‘quv yili 2 sentabrdan boshlanib, iyunning oxirigacha davom etadi. Yil ikki semestrga bo‘lingan va 10 haftadan 12 haftagacha bo‘lgan muddatni o‘zida mujassamlashtirgan:
1-semestr – sentabrning boshidan yanvarning oxirigacha;
2-semestr – fevralning boshidan iyun oxirigacha, garchi semestrning davomiyligi OTM mavqeyi va o‘qitish darajasiga bog`liq bo‘lishi ham mumkin.
Birinchi daraja – Bakalavriat
Bu ta’lim muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beruvchi asosiy oliy ta’lim. Bakalavriatni tamomlagandan so‘ng dastur bitiruvchilari ularga kasbiy faoliyatni boshlash yoki ta’limni magistraturada davom ettirish huquqini beruvchi bakalavr darajasi va davlat andozasidagi diplomga ega bo‘ladi.
Ikkinchi daraja – Magistratura
Bu bakalavriat asosida ta’lim davomiyligi 2 yildan kam bo‘lmagan aniq mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim. Magistratura bitiruvchilari kasbiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish yoki oliy ta’limdan keyingi muassasalarda ta’limni davom ettirish huquqini beruvchi davlat andozasidagi diplomga ega bo‘ladilar.
Ikkinchi oliy ta’lim
Ikkinchi va undan keyingi (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’limni oliy (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’limga ega shaxslar egallashlari mumkin. Ikkinchi va undan keying ta’lim to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xususan, ikkinci oliy ta’limni quyidagilar olisi mumkin:
bakalavr diplomiga ega shaxslar – bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha;
magistr darajasiga ega shaxslar – bakalavriat va magistratura mutaxassisligining ta’limiy yo‘nalishlari bo‘yicha.
Ikinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish mumkin bo‘lgan magistratura mutaxassisligi ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim kurslarini taklif qilishga huquqi bor muassasasalar ro‘yxati o‘quv muassasasiga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tomonidan aniqlanadi. Bugungi kunda 45 ta o‘quv muassasasi, Toshkentdagi 18 ta va hududlardagi 27 ta OTM, ikkinchi oliy ta’lim dasturlarini taklif qilmoqa.
Ikkinchi va undan keying oliy ta’lim dasturlarini taklif qilayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalarning oldingi ta’limiy tajribalarini (o‘tilgan kurslar) tahlilini amalga oshiradi. Talabalar mutaxassisliktalablariga binoan ta’lim darajasini yakunlash uchun mutanosib fanlar bo‘yicha imtihon topshiradi. Ikkinchi oliy ta’lim OTMning mutaxassisliklari va ta’lim shakli asosida taqdim qilinadi. Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim yakunida attestatsiya yakunlariga binoan talabalarga diplom beriladi. Ikkinchi va undan keyingi (o‘rta maxsus, kasbiy) ta’lim olishga qabul qilingan talabalarning o‘zlashtirishi bilimlarni reyting usulida baholash tizimi asosida baholanadi.
Oliy ta’limdan keying ta’limning uchinchi darajasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2012 yildagi №4456-sonli «Oliy kvalifikatsiyali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va attestatsiya tizimini takomillashtirish haqida»gi farmoyishiga binoan 28.12.2012 yildan ikki bosqichli oliy ta’limdan keyingi ta’lim (ikki ilmiy daraja “fan nomzodi” va “fan doktori”) bir bosqichli “Fan doktori” («Doctor of Sciences») ilmiy darajasini berish bilan almashtirildi va buamalda 2013 yilning 1 yanvarian boshlab qo‘llanib kelmoqda.
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi tavsifi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://www.edu.uz/ru/pages/undergraduate-education saytida joylashtirilgan.
Respublika oliy ta’limining 2016 yil fevral oyi holatidagi ma’lumot (PDF versiyasini yuklab olish) Erasmus+ Milliy ofisi hamda oliy ta’lim sohasidagi O‘zbekiston Milliy komandasi hamkorligidagi faoliyati natijasidir. Hujjat OO‘MTV tomonidan uning tasarrufidagi markazlar, shuningdek, Davlat test markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasion komissiyasi bilan kelishilgandan so‘ng nashrga ruxsat berilgan.
Ingliz tilidagi nusxasi bilan Yevropadagi milliy ta’limiy tizimlar to‘g‘risidagi EURIDICE (http://eacea.ec.europa.eu/education/Eurydice/eurypedia_en.php) ko‘p tilli onlayn ensiklopediyasi saytida tez kunlarda tanishish mumkin.