Davlat raqamlarini berish uchun yigʼim – 334 500 soʼm (EKIXning 150 foizi). Xaridorgir chiroyli davlat raqami belgilarini oshirilgan toʼlov stavkalari boʼyicha avtoraqam.uzex.uz sayti orqali oʼtkaziladigan auktsionda sotib olishi mumkin.
(Narxlar 2019 yilning oktyabrь oyi holatiga koʼra koʼrsatilgan)
Eslatma: 1 oktyabrdan boshlab rasmiy dilerlik tarmogʼi orqali sotib olingan yangi avtotransport vositalari uchun yoʼl jamgʼarmasi yigʼimi ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʼlanadi.
Ekspluatatsiyadagi avtomobillar uchun yoʼl jamgʼarmasi toʼlov stavkasi har bir ot kuchi uchun avtomobilь yoshiga koʼra, EKIXning 6-11 foizini tashkil etadi.
Kreditga berilgan transport vositasining qayd etish guvohnomasiga hamda uning hisob kartochkasiga «Kreditga olingan» belgisi qoʼyiladi va kreditga bergan tashkilotning roziligisiz u DYHXX hisobidan chiqarilmaydi. (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-son qarori)
MАJBURIY АVTOSUGʼURTА (OSАGO) HАQIDА UNUTMАNG
Transport vositasini unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʼn kundan kechiktirmay transport egasi oʼz fuqarolik javobgarligini sugʼurtalashi shartligi yuqoridagi qonunda belgilab qoʼyilgan.
Sugʼurta mukofot puli, yaʼni toʼlov summasi yengil avtomobillarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun 56 000 soʼm va boshqa barcha viloyatlar uchun 40 000 soʼmni tashkil etadi.
Majburiy avtosugʼurtani istalgan sugʼurta kompaniyasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
(Jurnalimizning iyulь sonida majburiy va ixtiyoriy avtosugʼurta haqida batafsil maʼlumot bergan edik).
АVTOMOBILGА IShONChNOMА BERISh UChUN YIGʼIM STАVKАLАRI
Аvtomobillardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni sertifikatlash uchun quyidagi yigʼim stavkalari tatbiq etilgan:
Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) oʼrtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish toʼgʼrisidagi ishonchnomani notarial tasdiqlash talabi 2019 yil 1 oktyabrdan bekor qilindi;
Boshqa shaxslarga – EKIXning 3 barobari miqdorida:
– Аvtomobilga boshqarish huquqisiz egalik qilish uchun ishonchnoma (masalan, sotish, lekin haydash huquqisiz) EKIXning 50 foizini tashkil qiladi.