Koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta`minlash maqsadida ta`lim muassasalari va o`quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta`lim muassasalari faoliyatiga cheklov o`z kuchida qoladi.
Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta`minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.
Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to`la bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi.
darakchi.uz/index.php/oz/93791