2010-yil 30-avgustda Prezident Islom Karimov g‘oyasi, tashabbusi va rahnamoligida barpo etilgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti, viloyat musiqali drama teatrining muhtasham binosi hamda amfiteatrni o‘z ichiga olgan “Buxoro madaniy markazi” majmuasi ochildi.
«BUXORO MADANIY MARKAZI» MAJMUASI
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumentining markaziy qismida uch avlod—baxtiyor yosh oila: ota-ona va bola, barhayotlik timsoli—nihol o‘tqazayotgan bobo va nevara hamda uy qurayotgan ota va farzandning barelyefli haykallari ifodalangan.
Madaniy markaz hududidagi barcha yo‘llar salobatli “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti yonida tutashadi. Obidaning baland tepasida ulkan Yer shari o‘rnatilgan. Unda mustaqil O‘zbekiston xaritasi tilla rangda naqshlangan.