Farzandim Prezident maktabida oʻqisin desangiz…Oltin qoidalar!

Farzandim Prezident maktabida oʻqisin desangiz…Oltin qoidalar!

1. Avvalo, bolaning oʻziga boʻlgan ishonchini koʻtarish lozim. Har bir gapirayotgan gapingiz unga ijobiy yoki salbiy taʼsir qilishi mumkin. Chiroyli soʻzlar ishlating, xato qilganda, toʻgʻrilik bilan tushuntiring. Uning nimalarga qodirligini tez-tez takrorlang. Chunki, eshitib-eshitib u ham siz aytgan narsalarga ishona boshlaydi va oʻzida siz aytgan qobiliyatlarni koʻradi.


2. Ilm-fanga oshufta qiling. Televizor umuman koʻrmagani maʼqul. Bolalikdan televizor va telefonga oʻrgansa, yoshi ulgʻaygan sari, bolani ulardan ajratish qiyinlashib boraveradi. Kitoblar sovgʻa qiling.


Har kuni biror kitobdan vazifa bering va kun oxirida soʻrang.


3. Uni fan toʻgaraklariga hozirdan qoʻying. Chunki, bola oʻzini shu atmosfera ichida his qilishi lozim.


4. Oʻzingizni ham isloh qiling. Unutmang, bola sizning koʻzgudagi aksingizdir. Siz televizorda serial koʻrib oʻtirsangiz, bolangiz ixtiyoriy ravishda kitob oʻqishi mushkul masala.


5. Tillarga eʼtiborni kuchaytiring. Ingliz va rus tillarini oʻrganishiga eʼtibor qarating, unutmangki, farzandingiz prezident maktabi oʻquvchisiga aylanganda ham bu juda katta yordam beradi.


6. Maktabida matematika fanidan qanday oʻqituvchi dars berayotganiga eʼtibor qarating, ustozi haqida farzandingiz fikri bilan qiziqing. Agar ustozi bilimli va metodikasi kuchli boʻlsa yaxshi, ammo buning aksi boʻlsa, bunga yechim izlang.


7. Farzandingiz vaqtini toʻgʻri taqsimlang. Uni kun tartibi boʻyicha ish tutishga oʻrgating.


Masalan, 2soat vaqtini maktabda berilgan vazifalarni bajarishga, 2soat yana sportga, 2soat matematika bilan shugʻullanishga va hokazo).


8. Farzandingiz faqat oʻqish bilan boʻlib qolmasin. Matematikadan zerikib, charchab qolmasligi uchun uni chalgʻitib, dam oldirib turish maqsadga muvofiq.


Unutmang! Niyat yaxshi boʻlsa-da, doimiy bosim aks taʼsir koʻrsatishi mumkin.


9. Bolangizga doimiy ravishda motivatsiya bering.


Manbaa: https://t.me/Algoritm_maktabi