Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi
⚡️⚡️Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligi aytildi
❗️Davlat test markazi bosh boshqarmasi boshligʻi Farhod Mirzayev oliy taʼlim muassasalarilarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkinligini maʼlum qildi.
📌Maʼlum qilinishicha, kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
📍“Unifikatsiya boʻyicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yoʻlga qoʻyamiz. Masalan, toʻrtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda oʻtkazish masalasi koʻriladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi”, — dedi Farhod Mirzayev.
👉Shuningdek, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boʻlim boshligʻi Abdusamad Mamanazarov ijodiy imtihonlar topshiriladigan yoʻnalishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
ijodiy imtihonlar OTMda oʻtkaziladi, bunda imtihonlarni onlayn kuzatib borish uchun videokuzatuv moslamalari oʻrnatiladi;
🔍jurnalistika yoʻnalishlarida faqat ijodiy imtihon nazarda tutilmagan, yaʼni 2 ta taʼlim yoʻnalishiga xos va 3 ta majburiy fanlardan test imtihonlari tashkil etiladi;
faqat pedagogik taʼlim yoʻnalishlariga ijodiy (kasbiy) imtihonlari bilan birgalikda 3 ta majburiy fandan imtihon oʻtkazilishi belgilangan;
baholash mezonlariga koʻra barcha shakldagi imtihonlarda eng yuqori ball 280,5 etib belgilangan.