Kimlarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar ajratiladi? Kimlarga kommunal to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar ajratiladi?Davlat tomonidan oylik uy-joy kommunal xizmatlari haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlari quyidagi shaxslarga ajratiladi.Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50%:1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga beriladi.Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 45%:1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va «Slava » ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan maxbuslari;Leningrad shaxri qamali davrida ishlagan fuqarolar;Ko‘rish qobilyati bo‘yicha 1- guruh nogironlari;Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shasxlarga ajratiladi.Pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 25%:1941-1945 yillardagi urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga taqdim etiladi.Ushbu kompensatsiya pullari ish haq, pensiyalar va nafaqa to‘lanadigan muddatlarda beriladi. Davlat Xizmatlari / Yuridik 0 1 2 3 4 5 Жалоба 3 0 1-02-2024, 10:20