2020 yil noyabr oyidan boshlab pensiya va nafaqa miqdorini aniqlash yanada osonroq bo‘ldi.
O‘zbekistonda quyidagi nafaqa turlari mavjud:
Pensiya yoshiga yetgan shaxslar uchun;
Nogironlik nafaqasi:
Nogironlik guruhi inobatga olingan holda ajratiladigan;
Ish stajiga qarab beriladigan;
Boquvchisini yo‘qotgan bolalar uchun nafaqalar.
25 yillik ish stajiga ega erkaklar 60 yoshdan, 7 va undan kam stajga ega shaxslar esa 65 yoshdan boshlab pensiya olishlari mumkin. Ayollar 20 yilli staj bilan 55, 7 va undan kam staj bilan 60 yoshda nafaqaga chiqishlari mumkin.
7 yillik stajga pensiyaning asosiy summasi har oylik maoshning 55% miqdorida, eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan holda, hisoblanadi (513 350 so‘m). Keyingi har bir to‘liq yilgi staj uchun staj pensiya miqdori o‘rtacha ish haqining 1%ga oshirilib boriladi. Shuningdek, nafaqa summasi mehnat shakli, shaxsning sog‘ligi va oilaviy ahvoldan ham kelib chiqib belgilanadi.
Masalan: 35 yillik stajga ega 60 yoshli erkak kishining o‘rtacha ish haqi 2 mln. so‘mni tashkil etadi. Avvalo 7 yillik stajning 55%, bizning holatda 1 mln. 100 ming so‘mga qolgan stajga qo‘shib boriladigan 1% – 700 ming. so‘m qo‘shamiz. Ushbu shaxsning pensiya miqdori 1 mln. 800 ming so‘mni tashkil etadi.
Pensiyani olish uchun qanday hujjatlar topshirilishi kerak?
Eng avvalo pensiya fondiga ariza yozish zarur bo‘ladi. So‘ngra staj va maosh miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Bundan tashqari quyidagi xujjatlar ham talab etilish mumkin:
Harbiy xizmatga borib kelganligi to‘g‘risidagi;
Soliq idorasidan pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilganligi haqidagi;
3 yoshgacha bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilinayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
Diplom;
Ism, familiya, otasining ismi o‘zgartirilgan holatlarda, o‘zgarishlarni tasdiqlovchi hujjat;
Nikoh to‘g‘risida guvohnoma.
Qo‘shimcha nafaqalar uchun hujjatlar:
Nogironlik haqida;
Urush nogironi to‘g‘risidagi;
Faxriy unvon taqdim etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;
Eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 513 350 so‘m
Bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 315 030 so‘m