Kimgadir ayon, kimdir esa balki bilmas, ammo Windows 10 Siz foydalanayotgan Internetdagi o‘tkazuvchanlik qobiliyatining 20%’ini turli yangilanishlarni yuklab olish, statistikalarni yuborish va boshqa shu kabi xizmatlar uchun rezervlaydi (ya’ni zaxirada ushlab turadi).
Biz ushbu cheklovni o‘chirib qo‘yishimiz mumkin. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqirib, unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritgan holda ENTER klavishini bosing, bu Редактор локальной групповой политики (Lokal guruh siyosati muharriri) oynasini ochish uchun xizmat qiladi.
Ochilgan oynaning chap tomondagi panelida Конфигурация компьютера — Административные шаблоны — Сеть — Планировщик пакетов QoS bandlari bo‘ylab ketma-ketlikda o‘ting va Ограничить резервируемую пропускную способность parametri ustiga ikki marta bosish orqali uni ekranga chaqiring.
Parametrni Включено holatiga o‘tkazgan holda faollashtiring va pastroqdagi Ограничение пропускной способности (%) bandining qiymati sifatida 0’ni ko‘rsating. Kiritilgan o‘zgartirishlarni saqlang va kompyuteringizni qayta yuklang.
⚠️ gpedit.msc buyrug‘i orqali chaqiriluvchi Редактор локальной групповой политики vositasi Windows’ning Домашняя (Home) versiyasi tarkibiga kiritilmagan.