Rasmiy nomi — Germaniya Federativ Respublikasi. Poytaxti-Berlin. Hududi — 357041 km.kv. Aholisi- 81 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili-nemis. Dini — xristianlik. Pul birligi — yevro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Yevropada joylashgan davlat. Janubda Avstriya va Shveysariya, g‘arbda Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya, sharqda Polsha va Chexiya, shimolda Daniya bilan chegaradosh. Bundan tashqari shimolda Germaniya sohillari Shimoliy dengiz va Boltiq dengizi bilan tutashgan. Germaniyaning shimoliy hududlari asosan tekisliklardan iborat. Markaziy Germaniya adirlar va daryo vohalaridan tashkil topgan bo‘lib, mamlakat janubida Alp tog‘lari bo‘y cho‘zgan. Mamlakat shimolida Boltiq dengizida Germaniyaga qarashli bo‘lgan shimoliy va sharqiy Frizsk orollari va Shimoliy dengizda Femarn va Ryugen orollari joylashgan. Germaniyaning eng baland nuqtasi Zyugshpitse tog‘laridir (2963 m). Eng yirik daryolari: Reyn, Rur, Mozel, Dunay, Elba. Eng yirik ko‘li Boden ko‘lidir. Mamlakat tabiiy qazilma boyliklarga o‘ta boy.