Keniya Respublikasi

Keniya Respublikasi

Republic of Kenya

Jamhuri ya Kenya

Keniya (Kenya), Keniya Respublikasi (Republic of Kenya) — Sharqiy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi. Maydon 582,6 ming km2. Aholisi 34,7 mln. kishi (2015). Poytaxti Nairobi shahri. Maʼmuriy jihatdan 7 viloyat (province)ra va poytaxt okrugiga boʻlinadi.


Keniya — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1969 yilda qabul kilingan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1978 yildan Daniel arap Moi). U umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni prezident va Millat majlisi (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident, vitse-prezident va hukumat amalga oshiradi.