Mikroneziya Federativ Davlatlari
Federated States of Micronesia
Mikroneziya (Micronesia), Mikroneziya Federativ Davlatlari, Mikroneziya Federativ Shtatlari (MFSH) (The Federated States Micronesia) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Karolina orollari arxipelagida joylashgan davlat. Maydoni 702 km². Aholisi 194,6 ming kishi (2017). Ular, asosan, mikronezlar boʻlib, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — ingliz tili. Poytaxti Palikir shahri. Maʼmuriy jihatdan 4 shtatga boʻlinadi. BMT aʼzosi.
Mikroneziya — AQSH bilan «erkin uyushgan» davlat. Amaldagi kon-stitutsiyasi 1979 yil 10 mayda qabul qilingan, keyinchalik oʻzgarishlar kiritilgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 yildan Leo Folkam). U vitse-prezident bilan birga parlament tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi — MFSH Kongressi (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.