Madagaskar
Madagaskar (malagasicha: Madagasikara, frans. Madagascar) Madagaskar Respublikasi (malagasicha: Republika Malagasy, frans: République de Madagascar) — Hind okeanining gʻarbida, Afrikaning janubi-sharqiy qirgʻogʻidan 400 km sharqdagi Madagaskar o. va unga yondosh mayda orollarda joylashgan davlat. Maydoni 595,8 ming km². Aholisi 16 mln.ga yaqin kishi (2018). Poytaxti—Antananarivu shahri Maʼmuriy jihatdan 6 muxtor regionga boʻlinadi.
Madagaskar — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 yil 12 sentabrda qabul qilingan, 1998 yil 15 martda unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 yildan Mark Ravalomana). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi va bir marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat —2 palatali parlament (Millat majlisi va Senat). Ijroiya hokimiyatni prezident tayinlaydigan bosh vazir va hukumat amalga oshiradi.