Eptsin osmasi — antioksidant vosita .

?Eptsin osmasi — antioksidant vosita .

?4,2 % li dozada — 100 ml flakonda chiqariladi.

?Analogi — tivortin osma , argiten osma , arginin gidroxlorid osma , tevartem osma .

#Eptsin osma

#Эпцин осма

?Dori shakli : Infuziya uchun eritma ( osma ) — 4,2 % li dozada 100 ml flakonda.

?Tarkibi : ?

Arginin gidroxlorid .

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Aminokislotalar almashinuvi ni normallashtiruvchi. Modda almashinuvi ni normallashtiruvchi. Kuchlanturuvchi.

?Qo’llanilishi ?

— Aterosklerozda va bosh miyada qon aylanishi buzilganda

— IBS sindromida

— Qon bosimi baland bo’lganda

— Gipoksiya holatlarda ( kislorod yetishmovchiligi )

— Stenokardiyada

— Pnevmoniyada ( o’pka yallig’lanishi ).

— Surunkali o’pka kasalliklarida

—Infeksion kasalliklarda

— Yurak ishemik kasalliklarida

— Miokard infarktidan keyingi qon aylanishi buzilganda

— Preparat qon bosimini tushiradi va o’pkadagi yuqori bosimni tushiradi ( o’pka gipertenziyasi ni ) .

— Surunkali yurak kasalliklarida

— Operatsiyadan keyingi infeksiya xolatlarida

— Organizmda xolesterin miqdori ko’p bo’lganda

— O’tkir va surunkali gepatitlarda

— Xomilani rivojlanishi kechikishida va preeklampsiyada qo’llaniladi



?Qabul qilish usuli ?

Venaga tomchilab yuboriladi. Sutkalik doza 100 ml ( 1 flakon). Boshida gi 10 tomchini 10 — 15 minut davomida yuborish kerak ( juda sekin ) . Keyin 30 tomchigacha oshirsa bo’ladi ( 10 — 15 minut davomida ) .

?Nojo’ya ta’siri ?

— Bosh og’rig’i , bosh aylanishi

— Issiqlikni xis qilishi

— Terida toshma lar

— Terida qichishish

— Ko’ngil aynish va qusish

— Bo’g’imlarda va paylarda og’riq.

— Yurak sohasida og’riq

— Og’iz qurishi

— Preparatni tez yuborganda sudorgi xolatlari


❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— 5 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas ( shifokor maslahati bilan).

—Og’ir buyrak va jigar yetishmovchiligida

— Atsidoz xolatida ( organizmda kislotalik muhit kuchayganda ).

— Qon bosimi past kishilarga mumkin mas.

— Qon ko’p ketishga moyillik bo’lgan bemorlarga mumkinmas.

— Me’da ichak yo’li va boshqa a’zolarda qon ketish holatlarida mumkinmas.

— Qandli diabeti bor bemorlarda mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?

Eptsin osmasi haqida kanalga tashlang deb kanalimiz a’zolari iltimos qilgandilar. Maslahat sifatida agar eptsin osmasini qabul qilmoqchi bo’lganlar bo’lsa , o’rniga Tivortin osmasini qabul qilganingiz yaxshi. ( admin masalahati). Eptsin va tivortin osmasini tarkibi bir xil .

?Tivortin asl variant hisoblanadi. Ukrainadan chiqadi. Shifokor maslahati va retsepti bilan qo’llash buyuriladi.

?Eptsin — qo’llanilishi shifokor maslahati va retsepti bilan. Xitoydan chiqariladi.


?ESLATMA : Homiladorlarga shifokor maslahati bilan.