?Natriy gidrokarbonat osmasi — kislotalik organizmda kuchayganda , pasaytiruvchi va neytrallovchi vosita sifatida qo’llaniladi.
#Natriy gidrokarbonat osmasi
#Натрий гидрокарбонат осмаси
?Dori shakli : ?
Infuziya uchun eritma ( osma)
100 ml , 200 ml va 400 ml shisha flakonlarda.
?Tarkibi ?
Natriy gidrokarbonat
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Kislotalilik oshganda , ya’ni atsidozga qarshi va neytrallovchi ishqoriy suyuqlik.
?QO’LLANILISHI ?
— Umumiy kuyishdan keyingi holatlarda
— Shok holatlarida
— Diabetik komada qo’llaniladi
— Sababi nomalum qusishlarda va boshqa qusish holatlarida
— O’tkir jigar va buyrak shikastlanishida
— Og’ir chaqaloqlar gipoksiyasida ( ya’ni kislorod yetishmay , ko’karish xolatlarida)
— Metabolik atsidoz kabi holatlarda
— Qandli diabet kasalligida
— Infeksiyalarda qo’llaniladi
— Intoksikatsiyalarda , ya’ni zaharlanishlarda qo’llaniladi
— Buyrak operatsiya holatlarida
— Operatsiyadan keyingi narkozli holatlarda
— Jig’ildon qaynashida
— Me’da da kislotalik kuchayib ketsa , kislota ko’p ajralsa va uni oqibatida kelib chiqqan asoratlarda qo’llaniladi
— Yuqori nafas yo’llari kasalliklarida , yo’talda va balg’am ajratuvchi ta’sirga ega
— Dengiz va havo kasalliklarida qo’llaniladi
?QO’LLASH USULI ?
Venaga tomchilab yuboriladi .
Preparatni venaga minutiga 60 tomchidan tomchilab yuborish kerak ( osmani nazarda tutyapmiz)
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Ko’ngil aynish , qusish
— Alkoloz holati
— Ishtaha buzilishi
— Qorin yuqori qismida og’riq
— Bosh og’rig’i kuzatilishi mumkin
— Qon bosimi oshishi kuzatiladi
— Sudorgi berish holatlari bo’lishi mumkin
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Prepartga allergik reaksiya bo’lganda
— Yurak va buyrak yetishmovchiligida
— Alkoloz holatida
— Organizmda kaliy moddasi kamligida mumkinmas
— Organizmda natriy moddasi ko’pligida mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI ?
?Preparatni homiladorikda va yosh bolalarda qo’llash mumkin , faqat shifokor belgilagan dozada qo’llang.
?Preparatni epilepsiyasi , yani tirishish va tutqanoq kasali bor bemorlarga qo’llamang. Mumkin emas.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya