Reopoliglyukin osma — qon plazmasi o’rnini bosuvchi

?Reopoliglyukin osma — qon plazmasi o’rnini bosuvchi preparat.

?Analogi — dekstran 40 osmasi, dekstran 70 osmasi, poliglyukin osmasi .

?200 , 250 , 400 va 500 ml shisha idishlarda chiqadi.


#Reopoliglyukin osmasi

#Реополиглюкин осмаси


?DORI SHAKLI : ?


Infuzion eritma , ya’ni osma — 10 % li dozada.


?TARKIBI : ?


Dekstran moddasi


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Qon plazmasi o’rnini bosuvchi preparat.


?QO’LLANILISHI ?


— Qon yo’qotilish oqibatidagi , ya’ni postgemorragik gipovolemiyada.

— Gipovolemik shok holatlarida.

— Tug’ruq paytidagi qon ketish holatlarida.

— Homiladorlik davridagi gipovolemiyada.

— Qon ko’p ketib , qon miqdori kamayganda

— Kuyish holatlarida

— Operatsiyadan oldingi va keyingi holatlarda emboliyani oldini olishda profilaktika maqsadida.

— Travmadan keyingi shok holatlarida va septik shok holatida.

— Qon aylanish mikrosirkulyatsiyasi buzilish holatida.

— Yosh bolalarda pediatriya amaliyotida qon plazmasini yo’qotish holatlarida.

— Arteriya va venalarda qon aylanishi buzilish holatlarida.

— Tromboz va tromboflebit holatlarida profilaktika va davolash maqsadida.

— Peritonit va pankreatit kasalliklari asoratida vujudga kelgan dezintoksikatsiyada , ya’ni zaharlanish holatida qo’llaniladi.


?QO’LLASH USULI ?


Osmani vena ichiga tomchilab yuboriladi ( sekin yuborish kerak ).


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin ( masalan teri qichishishi va teri toshmasi).

— Qizib ketish xissi

—Lixoradka va ko’ngil aynish

— Qon bosimi tushishi ( kam xollarda ).


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.

— Bosh qismdan travma olganda va bosh ichki bosimi (davleniya) oshib ketganda.

— Oliguriya va anuriyada ( siydik ajralishi miqdori kamayganda yoki umuman ajralmay qolish holatlarida ).

— Yurak yetishnovchiligida mumkin emas.

— Qandli diabet kasalligida mumkin emas.

— Buyrak og’ir kasalliklarida va o’z funksiyasini bajaraolmay qolgan vaqtda.

— O’pka shishi va gemorragik insultda.



?ADMIN MASLAHATI ?


Homiladorlik davrida shifokor maslahati va nazorati bilan mumkin.




?Qo’llash — albatta shifokor maslahati bilan.

?Ishlab chiqaruvchi — Belorussiya , Rossiya