Avifer ampulasi — kamqonlikka qarshi vosita

?Avifer ampulasi — kamqonlikka qarshi vosita.


#Avifer

#Авифер


?Dori shakli : Ineksiya uchun eritma ( ampula ).


?Tarkibi : Temir ( 3) gidroksid


? Ta’sir qilishiga ko’ra :


Anemiyaga qarshi vosita.


?QO’LLANILISHI ?


— Organizmda temir yetishmovchiligida

— Temir yetishmovchilik va o’tkir postgemorragik anemiyasida.

— Kamqonlikda va gemoglobin pastligida qo’llaniladi.

— Me’da ichak traktining yallig’lanish kasalligida.


?Qo’llash usuli va dozasi ?


Preparat faqat vena ichiga yuboriladi. Yoki osma ichiga qo’shilib tomchilab venaga sekin yuboriladi.


Qancha qo’llash dozasini shifokor belgilaydi.


?Nojo’ya ta’siri ?


— Bosh aylanishi , bosh og’rig’i

— Qon bosimi tushishi

— Bronxial asma xuruji ( bronxlar qisqarishi hisobiga ).

— Qorin sohasida og’riq

— Ko’ngil aynish va qusish

— Diareya

— Qonda qand miqdori oshishi


❌Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Temir yetishmovchiligi bilan aloqasi bo’lmagan anemiyada

— Bronxial astmaning o’tkir shaklida

— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.

— Qon bosimi past yuradigan kishilarda mumkin emas.

— Qandli diabetda ya’ni qonda qand miqdori juda baland bo’lganda mumkin emas. ( Agar qonda qand miqdori normadan biroz baland bo’lsa preparatni ehtiyotkorlik bilan shifokor nazorati ostida qo’llash kerak).