Tiotriazolin ampula — ineksiya uchun eritma

Tiotriazolin ampula — ineksiya uchun eritma hisoblanadi.


Mallayev Ulmas


#Tiotriazolin ampula


#Тиотриaзолин ампула


?Dori shakli : ?


Ineksiya uchun eritma .


2 ml va 4 ml ampulalarda chiqariladi.


?TARKIBI : ?


Tiazot kislotasi


?Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Yurak kasalliklarida va jigar kasalliklarida juda yaxshi samarali vosita hisoblanadi.


?QO’LLANILISHI ?


— Yurak ishemik kasakliklarida


— Stenokardiya kasalligida buyuriladi.


— Miokard infarkti kasalligida yurakning qon bilan ta’minlanishi buzilganda juda ham zo’r ta’sirga ega


— Miokard infarktdan keyingi asoratlarda va kardioskleroz da


— Yurak aritmiyalarini davolashda yaxshi vosita


— Surunkali gepatitda


— Alkogolli gepatitda


— Jigar fibrozi kabi holatlarda


— Jigar sirrozida qabul qilinadi.


— Safroning hosil bo’lishi va chiqarilish tezligini oshiradi.


— Safroning, ya’ni o’t suyuqligining kimyoviy tarkibini normallashtiradi.


— Jigar bo’laklari ya’ni gepatotsitlar faoliyatini normallashtiradi.


— Yurakning qisqaruvchanlik kuchini oshiradi.


— Miokard infarktidan keyingi va oldingi davrda juda samarali vosita


— Jigarning toksik yallig’lanishida


— Jigarning yog’li distrofiyasi kabi kasalliklarda


?QABUL QILISH USULI ?


Miokard infarkti va tinch holatdagi stenokardiya kasalligida birinchi 5 kun davomida vena ichiga 2 ml dan sekin yuboriladi. Preparatni yana 0,9 % li natriy xlor eritmasi ( osmasini ) ichiga qo’shib yuborsa ham bo’ladi. Mushak ichiga ham sutkasiga 2 marta 2 ml dan yuborish mumkin.


5 kundan keyin esa davolashni tiotriazolin tabletkasi bilan davom etiladi. Bunda 100 mg lik dozadan sutkasiga 3 marta buyuriladi.


Davolanish muddati 10 — 14 kun.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Teri qichishishi , teri toshmasi


— Isitma ko’tarilishi


— Etni uvishishi


— Umumiy xolsizlik


— Bosh og’rig’i, bosh aylanishi


— Taxikardiya


— Qon bosimi oshishi


— Og’izni qurishi


— Qorin dam bo’lishi


— Xansirash va bo’g’ilish


❌ Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda


— O’tkir buyrak yetishmovchiligida qo’llash mumkin emas.


— Homiladorlik va emizish davrida


— Yosh bolalarda mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?


Tiotriazolin preparati juda ham samarali vosita hisoblanadi.


Men ushbu preparat bilan davolanishni maslahat beraman.


Preparat tabletka ko’rinishida ham chiqadi ?


?Qo’llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina


@Farmakologiya_TTA


,,ТАБЛЕТКА » kanali