Gipoksen kapsulasi — gipoksiya ( kislorod yetishmovchiligi) qarshi

?Gipoksen kapsulasi — gipoksiya ( kislorod yetishmovchiligi) kabi xolatlarga qarshi vosita .


#Gipoksen kapsulasi

#Гипоксен капсуласи


?Dori shakli : kapsula


?Tarkibi :


1 ta kapsula 250 mg polidigidroksifenilentiosulfonat natriy saqlaydi.


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Metabolizm jadalligini oshiradi va to’qimalar ning energiya almashinuv jarayonini normallashtiradi. Organizmning kislorod bilan ta’minlanmay qolishini oldini oladi.


?Qo’llanilishi


— Organizmda kislorod yetishmay qolganda.

— Jismoniy va boshqa organizmga tushadigan nagruzkalarda

— Bosh miyaga kislorod yaxshi yetib bormaslik holatlarida

— Yurak mushaklari va jigarning kislorodga bo’lgan ehtiyoji oshganda

— Og’ir travmatik jarohatlanishlarda

— Umumiy xirurgik aralashuv xolatlarida

— Bronxial astmada ( kompleks davolanish qatorida.)

—Pnevmoniyada (kompleks davolanish qatorida )

— Obstruktiv bronxitda ( kompleks davolanish qatorida )

— Stabil stenokardiyada ( kompleks davolanish qatorida)

— Qon bosimi baland holatlarida

— Stenokardiya xurujlarida profilaktika maqsadida


?Qabul qilish usuli va dozasi


Kapsula ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.


Kattalar sutkasiga 1 —2 kapsula gacha qabul qilishlari mumkin.


?Nojo’ya ta’siri ?


—Allergik reaksiya

— Qon bosimi tushishi


❌Qabul qilish mumkin bo’lmagan holatlar : ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Gemorragik insultda

— Homiladorikda va emizish davrida

— Yosh bolalarga mumkin mas.