Sermin flakon ( osma ) — kuchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi

?Sermin flakon ( osma ) — kuchlantiruvchi va immunitetni oshiruvchi samarali vosita.

?Sermin flakon ( osma) — kuchlantiruvchi vosita.

?Chiqarilish dozalari — 100 ml flakon, 250 ml va 500 ml flakon idishda chiqadi.

#Sermin osma ( flakon)

#Сермин осма ( флакон).

?Dori shakli : Vena ichiga yuborish uchun eritma ( osma ).

?Tarkibi : ?

Aminokislotalar . Barcha aminokislotalarni o’zida saqlaydi.

— Prolin

— Serin

— Alanin

— Izoleysin

— Leysin

— Asparagin kislota

— Tirozin

— Glutamin kislota

— Fenilalanin

— Arginin

— Lizin

— Valin

— Treonin

— Gistidin

— Triptofan

— Metionin

— Sistin

— Glitsin kabi aminokislotalarni o’zida saqlaydi.

Sorbitol moddasini ham o’zida saqlaydi.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Parenteral oziqlantirish uchun vosita. Kuchlantiruvchi dori preparati.

?Qo’llanilishi

— Organizmning oqsil yo’qotilishini oldini olishda va davolashda

— Xushsiz xolatda yoki koma holatida ovqat qabul qilish imkoni bo’lmaganda

— Odatdagi oziqlantirishni istisno qiluvchi nevrologik va ruhiy kasalliklarda

— Intoksikatsiyada, yuqori harorat, davomli diareya sindromi, nospetsifik yarali kolitda

— Nefropatiyada

— OITS infeksiyasida

— Transplantatsiyada

— Oqsil energetik yetishmovchilikda

— Kaxeksiyada

— Bosh miya jarohatlarida ( juda sekin yuborish kerak).

— Jigar sirrozida qo’llaniladi ( sekin yuboriladi).

— Jismoniy mehnatdan charchagan holatlarda va holsizlikda qabul qilinadi.

— Kam kuchlikda .


?Qabul qilish usuli va dozasi

⭐️Katta larga 250 ml lik ( 1 ta flakon ) quyiladi.

⭐️Yoshi kichiklarga 100 ml lik ( 1 ta flakon ) quyiladi.

500 ml lik flakonini bitta odamga quyish kerakmas. Kuchlilik qiladi. Orada bir kun yoki 2 kun qoldirib ( kunora) bitta flakonni 2 ga bo’lib ( 250 ml dan quysa bo’ladi).

?Nojo»ya ta’siri

— Shishlar

— Mochevinani oshishi.

— Noto’g’ri yuborilganda isitma paydo bo’lishi.

— Yuborilgan joyda yallig’lanish.

— Flebit va tromboz.

— Yuborilganda issiqlik hissi va eritema kabi mahalliy reaksiya kuzatilishi.

— Ko’ngil aynish , qusish ( kam xollarda).

— Ko’krak sohasida yoqimsiz hislar .

— Taxikardiya

— Et uvishishi, qizib ketish

— Bosh og’rishi kuzatilishi mumkin.


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

— Aminokislotalar almashinuvi buzilishi

— Anuriya ( siyaolmaslik ) holatida.

— Jigar komasida

— Og’ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida.

— Uremiyada mumkin emas.

— Yurak yetishmovchiligida.

?ESLATMA: Homiladorlik va emizish davrida shifokor maslahati bilan qabul qiling.

— Sermin preparatiga qo’shimcha qilib ichiga hech narsa qo’shilmaydi.

— Preparatni juda sekin yuborish kerak.

— Preparatni qabul qilishdan oldin 3 — 4 kun glukoza osma sini olish kerak. ( Glukoza osmasiga 40 % lik glukoza ampulasini , askorbinka , kokarboksilaza qo’shib keyin oxirida sermin flakonini qabul qilish kerak) .Serminni o’zini birdan qabul qilsa organizmga kuchlilik qilishi mumkin.

— Sermin , selemin , infuzol , riportan, amino — s, aminoselemin , kabi preparatlar tarkibi va ta’siri bir xil.