Imun osma — immunitetni oshiruvchi

?Imun osma — immunitetni oshiruvchi va modda almashinuvini normallashtiruvchi vosita


?50 ml va 100 ml flakon shisha idishlarda chiqariladi.


#Imun osma

#Имун осма


?Dori shakli :


Infuziya uchun eritma ( osma).


?Tarkibi :


— Alanin va glutamin aminokislotasi.

— Natriy gidroksid va ineksiya uchun suv.


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Immunitetni oshiruvchi va modda almashinuvini normallashtiruvchi vosita.


?Qo’llanilishi


— Og’ir formadagi atopik dermatitda

— Autoimmun kasalliklarda

— Immunitet pasayib ketganda

— Nefrotik sindromda

— Psoriazda

— Revmatoid artritda

— Allergik ensefalomiyelitda

—Kattalar va bolalarda glutamin aminokislotasini yetishmovchiligida

— Og’ir travmalarda , kuyishlarda

— Xirurgik aralashuvlarda

— Sepsisda

— Og’ir yallig’lanish kasalliklarida

— Immunitet yoqligida ( immundefitsitda).

— Oqsil almashinuvi jarayonini normallashtiradi.

— Modda almashinuvi ni yaxshilaydi.

— Organizmda yuz beradigan modda almashinuvi buzilishi jarayonlari darajasini kamaytiradi.


?Qabul qilish usuli va dozasi


Qabul qilish dozasini shifokor maslahati bilan amalga oshirasiz.


?Nojo’ya ta’siri


— Teri toshmasi

— Teri qichishishi

— Taxikardiya

— Bronxospazm ( bronxial astma kasalligi borlarda ehtiyotkorlik bilan).

— Qon bosimi oshib ketishi.

— Shok holatlari

— Ko’ngil aynish , qusish

— Diareya

— Qorinda og’riq

— Holsizlik


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

— Teri kasalliklarida

— 1 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas

— Emizish davrida

— Yosh bolalarda psoriazda va revmatoid artritda qabul qilish mumkin emas ( kattalarda mumkin).

— Virusli kasalliklarda

— Qon bosimi baland yuradigan insonlarga mumkinmas.

— Jigar va buyrak yetishmovchiligida.


?ESLATMA : Homiladorlikda shifokor maslahati bilan.