?Logan flakon ( osma) — antibiotik vosita.
#Logan flakon ( osmasi ).
#Логан флакон ( осма).
? Dori shakli : infuziya uchun eritma ( osma).
?Tarkibi :
Levofloksatsin
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Antibiotik
?Qo’llanilishi
— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida
— Surunkali bronxitning zo’rayishida
— Kasalxonadan tashqari pnevmoniyada
— Prostata bezining yallig’lanishida
— O’tkir sinusitda
— Siydik yo’llari infeksiyasida
— Piyelonefritda
— Yumshoq to’qima va teri infeksiyalarida.
?Qo’llash usuli va dozasi
Preparatni vena ichiga tomchilab yuboriladi. Sutkada 1 marta . ( Og’ir xollarda sutkada 2 marta ham bo’ladi).
?Nojo’ya ta’siri
— Teri qichishi va qizarishi
— Bronxlar torayib og’ir bo’g’ilish
— Qon bosimi pasayib ketishi
— Ko»ngil aynish, qusish,diareya
— Ishtaha yo’qolishi
— Bosh ogrig’i , bosh aylanishi, uyquchanlik
— Umumiy xolsizlik
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Tutqanoqda ( epilepsiyada)
— Paylar shikastlanganda
— 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlarga
— Xomiladorlikda va emizish davrida
— O’tkir va surunkali disbakteriozda