?Kalsiy xlorid ampulasi — kalsiy almashinuvini boshqaradi va allergik xolatlarda qabul qilinadi.
#Kalsiy xlorid ampulasi
#Калций хлорид ампуласи
?Dori shakli :
Ineksiya uchun eritma — 10 % li dozada 5 ml va 10 ml ampulalarda chiqadi.
?Tarkibi :
Kalsiy xlorid
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Kalsiy fosfor almashinuvini boshqaradi.
?Qo’llanilishi
—Allergik kasalliklarda
— Teri toshmalarida
— Angionevrotik shish
— Allergodermatozlarda
— Organizmda kalsiy moddasi kam bo’lganda
— Kalsiy kamligiga bog’liq tetaniyada ( epilepsiya) da.
— Gipoparatireozda
— Organizmda kaliy moddasi ko’payib ketganda
— O’pka tuberkulyozida
— Pnevmoniya , plevritda
— Teri qichish xolatlarida
— Bronxial astmada
— Suyak to’qimasi rivojlanishi uchun
— Qon ivish jarayoni normal bo’lishi uchun.
? Qabul qilish usuli va dozasi
Vena ichiga yuboriladi yoki osmaga qo’shiladi ( kapelnitsa).Juda sekin yuborish kerak. Mushakka va teri ostiga yuborilmaydi.
?Nojo’ya ta’siri
—Og’izda va butun tana da issiqlik xissi bo’lishi
— Qon bosimi tushishi
— Aritmiya , bradikardiya
— Ko»ngil aynish
— Yuborilgan joyda og’riq
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Organizmda kalsiy ko’p bo’lganda
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Qorincha fibrilyatsiyasida
— Siydik tosh kasalliklarida
— Aterosklerozda
— Trombozda
— Qon bosimi past insonlarga mumkinmas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkinmas.
?ESLATMA : Yosh bolalarga yuborish dozasini shifokor bilan maslahatlashing.