Menovazin spirtli eritmasi — og’riqsizlantiruvchi vosita.

?Menovazin spirtli eritmasi — og’riqsizlantiruvchi vosita.


?Chiqarilish shakllari : Maz ( surtma) va spirtli eritma.


# Меновазин спиртли эритмаси

#Menovazin spirtli eritmasi


?Dori shakli : Spirtli eritma


?Tarkibi :


⭐️Faol modda : Mentol , novokain, anestezin


⭐️Yordamchi modda : 70 % etil spirti.


?Ta’sir qilishiga ko’ra :


Og’riqsizlantiruvchi vosita


?Qo’llanilishi


— Nevralgiyada ( nerv shamollashi va og’rigida) og’riqsizlantirishda.

— Mialgiya da ( muskullar og’rishi va shamollashi) og’riqsizlantirishda.

— Artralgiya da og’riqsizlantirishda.

—Qichishuvchi dermatozda

— Mahalliy qichishishga qarshi vosita.

— Bel , bo»yin , kuraklar, qo’l, oyoq shamollaganda , ya’ni sovuq olganda va og’riganda shu sohaga surtiladi

— Bo’yin mushaklari shamollab bo’yinning bir tomonga qiyshayib qolishida


?Qabul qilish usuli va dozasi


Sirtga terining og’riqli sohalarida kuniga 2 — 3 marta surtiladi.


?Nojo’ya ta’siri


— Mahalliy allergik reaksiyalar

— Uzoq qo’llanganda bosh aylanishi.

— Umumiy xolsizlik

— Qon bosimni pasayishi

— Surtilgan joyda qizish xissi bo’lishi


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.


?Preparatni teri yuzasiga surtilganda , surtilgan yuzada qizish xissi kuzatiladi.


Xomiladorlik va emizish davrida teri yuzasiga surtish mumkin.