Levomekol maz ( surtma) — mikroblarga qarshi sirtga qo’llash uchun samarali

?Levomekol maz ( surtma) — mikroblarga qarshi sirtga qo’llash uchun samarali vosita.

#Levomekol maz

#Левомекол маз

?Dori shakli : Surtma ( maz).

?Tarkibi:

— Metiluratsil — 40 mg.

—xloramfenikol .

—Makrogol.

?Ta’sir qilishiga ko’ra :

Mikroblarga qarshi majmuaviy vosita.

?Qo’llanilishi

— Yallig’lanishga qarshi ta’sir qiladi.

— Quritish xususiyatiga ega

— Mikroblarga qarshi ta’sirga ega.

— Et o’stirish, terini qayta tiklanish imkoniyatini oshiradi.

— Yiring va nekrotik massalar bo’lganda antibakterial ta’sir qiladi.

— Jarohat jarayonining birinchi yiringli bosqichdagi infeksiyalarida.

— Kesilgan, yaralangan teri sohasini tezda bitishini ta’minlaydi.

— Teri kuyganda og’riq qoldiruvchi sifatida.

?Qabul qilish usuli va dozasi

Mahalliy qo’llaniladi. Steril doka salfetkalar preparat bilan shimdiriladi va ular bilan jarohat yumshoq qilib to’ldiriladi. Yiringli bo’shliqlarga kateter orqali ( drenaj trubka) shprits yordamida yuborish mumkin. Bundan oldin surtma oldindan 35 — 36 C gacha isitiladi.Bog’lovlarni har kuni kuniga bir marta , jarohatlar yiringli massalardan to’liq tozalanguncha o’tkaziladi.

?Nojo»ya ta’siri

Allergik reaksiya ( teri toshmalari).

?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.

— 1 yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’llash mumkin emas.

— Yangi tug’ilgan chaqaloqlarga qo’llash mumkin emas.

— Emizish davrida qo’llash mumkin emas.

?ESLATMA: Xomiladorlikda ona uchun bo’lgan foyda , homila uchun bo’lgan xavfdan ustun bo’lgan xollarda qo’llash mumkin.