?Siprofloksatsin ( sifloks) — antibiotik vosita.
?250 mg va 500 mg dozalarda chiqadi.
#Siprofloksatsin tabletka
#Сипрофлоксатсин таблетка
?Dori shakli : Tabletka
?Tarkibi :
Siprofloksatsin gidroxlorid
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
Antibakterial vosita.Antibiotik. ( Ftorxinolon guruhi).
?Qo’llanilishi
— Buyraklar va siydik chiqarish yo’llari infeksiyalarida
— O’tkir va surunkali piyelonefritda
— Tosh kasalligi infeksiyalarida
— Sistitda
— Prostatit da , epididmitda
— Nafas yo’llarining infeksiyalarida
— Pnevmoniya, bronxopnevmoniya, plevritda
— O’pka absessida
— Bronxitda
— Infeksiyalangan yaralar
— Jarohat infeksiyalari
— Meda ichak yo»llari infeksiyalarida
— Bakterial diareyada
— Qorin tifida
— Peritonitda
— Qorin bo’shligidagi absessda
— Xolesistitda
— O’t qopi yiringli holatida
— Gonoreyada
— Boshqa a’zolar infeksiyalarida
— Immuniteti susaygan bemorlarga infeksiyani oldini olish va davolashda
?Qabul qilish usuli va dozasi
Tabletkani och qoringa yoki ovqatdan so’ng butunligicha qabul qilinadi. Sutkasiga 2 ta tabletka qabul qilish mumkin.
?Nojo’ya ta’siri
— Ko’ngil aynish , qusish, diareya, meteorizm, qorin sohasida ogriq, ishtaha yoqolishi
— Bosh aylanishi, bosh ogrigi, holsizlik, uyqusizlik.
— Terida toshmalar,qizarish
— Qon bosimi oshishi, taxikardiya
— Ta’m , xid va ko’rishning buzilishi.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda
— 15 yoshdan kichik bolalarga preparatni tavsiya qilish mumkin emas. ( Yoshlarda tog’aylarning shikastlanishiga olib keladi).
— Xomiladorlik va emizish davrida
?ESLATMA : Siprofloksatsin xalq orasida ,,sifloks» ham deyiladi.