Tetrasiklin tabletka

?Tetrasiklin tabletka — antibiotik vosita


@Farmakologiya_TTA


ТАБЛЕТКА, [04.12.20 20:31]

#Tetrasiklin tabletka

#Тетрациклин таблетка


?Dori shakli : tabletka


?TARKIBI : ?


tetrasiklin gidroxlorid 100 mg


?Ta’sir qilishiga ko’ra : ?


Antibakterial vosita . Antibiotik


?QO’LLANILISHI ?


— Yuqumli infeksiya kasalliklarida

— Teri , suyak , yumshoq to’qimalar , shilliq pardalarning mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infeksiya xolatlarida

— Karbunkuloz , furunkulozda

— Xolera , ya’ni vabo kasalligida mumkin

— Brutsellyoz kasalligida buyuriladi

— Kuydirgi , sifilis kabi kasalliklarda

— Listerioz va murakkab gonoreyada

— Siydik yo’llarining infeksiyalarida

— Qorin og’rig’ida

— Ich ketganda ya’ni diareyada ham samarali ta’sirga ega.

— Infeksion yalliglanish kasalligida

— Pnevmoniya , bronxitda, plevraning yiringlashi holatlarida

— Anginada qabul qilish mumkin

— Xolesistitda ( o’t qopi yallig’lanishida )

— Piyelonefritda

— Ichak infeksiyalarida buyuriladi.

— Yurak devori qavatlarining yallig’lanishi va infeksiyasida

— Bachadon infeksiyasida va yallig’lanish holatlarida.

— Prostataning infeksion kasalliklarida va yallig’lanishida

— Yumshoq to’qimaning yiringli infeksiyalarida

— Osteomiyelitda va traxomada

— Blefarit va yuzdagi husnbuzar toshmalarda qabul qilinadi.



?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?


Preparatni sutkasiga 3 — 4 martagacha qabul qilish mumkin. Ovqatlanishdan oldin qabul qilinadi


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Ko»ngil aynish , qusish

— Qorinda og’riq

— Qabziyat kuzatilishi mumkin

— Og’iz qurishi , til rangining o’zgarishi

— Bosh aylanishi , bosh og’rig’i

— Teri toshmalari

— Ichak disbakteriozi , yani ichak mikroflorasining buzilishi kuzatilishi mumkin.


❌QABUL QILISH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— Jigar yetishmovchiligida

— Mikoz , yani zamburugli kasallikda

— 8 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas

— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas


?Qo’llash tartibi — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya


@Farmakologiya_TTA