Kamfora yog’i — antimikrob, ikkilamchi og’riq qoldiruvchi

?Kamfora yog’i — antimikrob, ikkilamchi og’riq qoldiruvchi vosita hisoblanadi.


#Камфора ёғи

#Kamfora yog’i


?Dori shakli : Sirtga qo’llash uchun 10 % li moyli eritma .


?Tarkibi 😕


⭐️Faol modda : kamfora —10 gr

⭐️Kungaboqar moyi — 100 ml gacha


?Ta’sir qilishiga ko’ra


Mahalliy qitiqlovchi vosita bolib , ikkilamchi og’riq qoldiruvchi , yalliglanishga qarshi , antimikrob va antiseptik ta’sir qiladi.Nerv faoliyatini oshiradi ( qitiqlovchi ta’siri bor).


?Qo’llanilishi


— Artrit ( bo»g»im yalliglanishi)

— miozit ( mushak ogrigi).

— Nevralgiya ( nervlar shamollashi).

— Revmatizmda

— Ogriqli holatlarda

— Yalliglanishda

— A’zolar shamollashi bo’lganda sirtga surtiladi. ( masalan o’pka shamollaganda ).


?Qabul qilish usuli va dozasi


Sirtga qo’llaniladi . Ogriq bor sohaga surtiladi va yengil harakatlar bilan ishqalanadi.Sutkasiga 2 — 3 marta qollaniladi.


?Nojo’ya ta’siri


Allergik reaksiyalar bolishi mumkin.


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda

— Surtiladigan teri sohasi shikastlangan bolsa.

— Homiladorlik va emizish davrida

— Ochiq jarohatlarga

— Ko’zga yaqiniga qollash

— Shilliq qavatlarga