Ixtiol maz foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Ixtiol maz foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Ixtiol maz — mahalliy og’riq qoldiruvchi va antiseptik vosita

?Chiqarilish shakllari: 10 % va 20 % dozada. 20 gr, 25 gr , 30 gr va 40 gr og’irlidagi massada chiqadi.


?Dori shakli : maz ( surtma)


?Tarkibi :


⭐️Faol modda : Ixtiol

⭐️Yordamchi modda: Tibbiyot vazelini va parafin


?Ta’sir qilishiga ko’ra:


Antiseptik, dezinfeksiyalovchi,yallig’lanishga qarshi va mahalliy og’riq qoldiruvchi vosita.


?Qo»llanilishi


— Teri kasalliklarida

— Kuyishda

— Saramasli yallig’lanishda

— Yallig’lanishda ( qizarish ,shish, og’riq)

— Ekzemada

— Terining yiringli jarohatlanishida

— Furunkulyozda( yiringli yara) da.

— To’qimalarni tiklanishida yordam beradi.

— Sovuq urishida

— Mastitda

— Absesslarda

— Oyoq orasi yalliglanishida

— Qon mikrosirkulyatsiyasini yaxshilaydi.

— Toshmalarda


?Qo’llash usuli va dozasi


Jarohatlangan joyga , shikastlangan sohaga yupqa qilub surkaladi. Sutkasiga 1 — 2 marta.


?Nojo’ya ta’siri


Allergik reaksiya bolishi mumkin.

Biroz qon bosimi oshadi ( xavfsiz).


?Qo’llash mumkin bo’lmagan holat:


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bolganda

— 12 yoshdan kichik bolalarda qo»llab bolmaydi.

— Homiladorlikda homilaga yaqin sohada qo’llash mumkinmas.