Ketoprofen foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

Ketoprofen foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida


?Ketoprofen tabletkasi haqida


? Tarkibi:

— Faol modda: ketoprofen 100 mg

— Yordamchi moddalar: magniy stearat, laktoza monogidrati


Ta’sir mexanizmiga ko’ra: ?

— nosteroid yalliglanishga qarshi

— analgetik tasiri bor.


Ketoprofen preparati — siklooksigenaza 1 — 2 ni aktivlaydi, prostaglandin va bradikinin sintezini boshqaradi, lizosomalar membranasini stabillaydi.


Qo’llanilishi?

— Bo’g’im kasalliklarida

— Nosteroid yalliglanishda

— Revmatoidniy artritda

— Psoriatik artritda

— Bexterev kasalligida

— osteoartrozda

— bo’g’imlarda og’riqni kamaytiradi


Qo’llash usuli va dozasi?


— Ovqat vaqti yoki ovqatdan keyin Ichga qabul qilinadi. 1 tabletkadan (100 mg) kuniga 2 maxal qabul qilinadi.


Nojo’ya tasiri:?


— Ko»ngil aynishi, qusish

— diareya(ich ketishi)

— meteorizm(qorin dam bo’lishi)

— jigildon qaynashi,

— ishtaha susayishi,

— qorin ogrigi

— bosh ogrigi, bosh aylanishi

— uyqusizlik


Qo’llashga qarshi ko’rsatma?


— Preparatga yuqori sezuvchanlik bolganda

— Bronxial astmada, rinitda

— Meda yarasi va 12 barmoq ichak kasalligida,

— Yarali kolitda

— Kron kasalligida

— gemofiliyada

— Qon kasalliklarida

— Divertikulitda

— Ichakning yalliglanish kasalligida

— Buyrak va jigar yetishmovchiligida

— Aorta koronar shunt. amaliyotidan keyin

— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilib bolmaydi.