?Trombo ASS — qon suyultiruvchi , analgetik va antipiretik vosita
?50 mg , 75 mg , 100 mg dozalarda chiqariladi.
#Trombo ASS
#Тромбо АСС
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi :
Atsetilsalitsil kislota si
?Ta’sir qilishiga ko’ra :
— Analgetik — antipiretik .
— Qon suyultiruvchi vosita hisoblanadi.
?Qo’llanilishi
— Nosteroid yallig’lanishga qarshi
— Tomir kasalliklari bo’lgan bemorlarda trombotsitlar faoliyatini yaxshilaydi.
— Tromb xosil bo’lishini oldini oladi.
— Stenokardiyasi bo’lgan bemorlarda miokard infarktini birlamchi va ikkilamchi profilaktikadida
— Yurak ishemik kasalliklarda
— Miokard infarkti qaytalanishi xavfini pasaytirish uchun.
— Bosh miya qon aylanishi buzilishini oldini olish uchun.
— Insultni oldini olish uchun
— Tromb va embol hosil bo’lishini oldini olish uchun
— Yurak qon tomir operatsiyalari va aortakoronar shuntlashdan keyingi holatlarda .
— Qandli diabetda yurak qon tomirlar patologiyasini oldini olishda qabul qilinadi.
— Qon quyuqlashgan bo’lsa , qonni suyultirish uchun qabul qilinadi.
?Qabul qilish usuli va dozasi
Preparatni chaynamasdan ko»p bo’lmagan suv bilan ichga qabul qilinadi. Sutkasiga 1 ta tabletka ( kechasi yotishdan oldin ).
Ovqatdan keyin qabul qilinadi.
?Nojo’ya ta’siri
— Jig’ildon qaynashi
— Ko»ngil aynish, qusish
— Diareya , qorinda og’riq
— Xayz ko’rish siklini uzayishi
— Bronxial astma xurujlarini qo’zg’atishi mumkin.
?Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar :
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Me’da ichak yara kasalliklarida
— Gemorragik diatezda
— Gemofiliya da ( qon suyuq xolati bo’lib , qon ketganda to’xtamay ketishi kasalligi).
— Buyrak yetishmovchiligida
— Yaqqol jigar yetishmovchiligida
— Nazorat qilib bo’lmaydigan yurak yetishmovchiligida
— Xomiladorlik va emizish davrida
— 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda
— Glukoza va fruktozani o’zlashtiraolmaslik xolatlarida.
?ESLATMA : Trombo ASS preparati bilan trombopol preparati ta’siri bir xil va ikkovi ham qon suyultiruvchi vosita hisoblanadi.