Tinchlantiruvchi dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

Vrach-psixoterapevt Yelena Ponomareva tinchlantiruvchi dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni beradi:




Birinchi navbatda, vrach bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda kerakli preparatlarni tanlab berishi kerak. Ba’zi bemorlar bir bosqichni tugatmasdan turib, boshqa dorini qabul qila boshlaydi. Bunday holatlarda organizm uchun kerakli doza yetib bormaydi, shu tufayli muolaja yaxshi samara bermaydi.
Faqat vrach tavsiyasiga ko‘ra muolaja olish kerak. O‘simliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi malhamlarni esa bemor o‘z xohishiga ko‘ra ruhiy siqilish paytida qo‘llashi mumkin. Lekin bunday holatlarda ta’sir kuchi kam dorivor choylardan foydalangan yaxshiroq, chunki ular organizmga yaxshi singadi va ko‘proq foyda beradi. Preparatlardan farqli ravishda, bu vositalarning salbiy ta’siri yo‘q.
Shifokor tavsiyasi bilan beriladigan tabletkalarning esa ruhiyatga ta’sir qilish kuchi yuqori, shuning uchun ularni tartibsiz qabul qilish organizmga zarar yetkazishi mumkin. Tinchlantiruvchi vositalarga yuzaki munosabatda bo‘lmaslik talab etiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.


soglom.uz/tavsiya/tinchlantiruvchi-dori-vositalarini-qollash-boyicha-tavsiyalar/