FDP medlac haqida
📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar
Tarkibi:
5 g kukun quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 5 g D-fruktozo-1,6-difosfatning natriyli tuzi (3,75 g fruktozo-1,6-difosfor kislotasiga ekvivalent, steril kukun).
Erituvchining bir flakoni quyidagilarni saqlaydi: steril inyektsiya uchun suv, 50 ml.
🔥 Ta’sir etuvchi modda(XPN):
fruktozo-1.6-difosfat
📝 Preparatning savdo nomi:
FDPMedlac
💧 Dori shakli:
vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun.
🧪 Ta’rifi:
oq yoki biroz sarg‘ish rangli kristall kukun.
🧬 Farmakoterapevtik guruhi:
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar.
Boshqa kardiotonik preparatlar.
👉 Qoʻllanilishi:
o‘tkir miokard infarktimiokard infarkti, jarohatlar, qon ketishlar, insultlarda va og‘ir infektsiyalardagi shok holatlarisurunkali yurak yetishmovchiligimiokardning intraoperatsion ishemiyasiturli sohalardagi ishemiya (shu jumladan oyoqlarning og‘ir ishemiyasi)miya qon aylanishini o‘tkir buzilishimetabolizm buzilishi oqibatidagi gipofasfatemiya (alkogolli qaramlik, ozib ketish, nafas yetishmovchiligi, qon oksigenatsiyasini pasayishi, neyroleptiklar bilan dozani oshirib yuborilishi).massiv transfuziya (ko‘p miqdorda qon quyish) oqibatidagi va yurakdagi operatsiyalarda, parenteral oziqlanishda, jigardagi operatsiyalar, og‘ir kuyishlarda ekstrakorporal qon aylanishida difosfoglitseratning zahiralari tugagandagipotenziya yoki to‘qimalar oksigenatsiyasini pasayishi, a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish (buyrak, jigar) kabi jarroxlik aralashuvlarda asoratlarni oldini olish uchunsport tibbiyotida jadal yuklamadan keyin sarf etilgan energiyani tiklash uchunjismoniy o‘ta zo‘riqish sindromini rivojlanishini oldini olish, ekstremal jismoniy yuklamalarga ko‘nikishni yaxshilash.undefined