Glovertin haqida

📝 Preparatning savdo nomi:

Glovertin


🧬 Farmakalogik guruhi:

Aminokislotalar.


💧 Dori shakli:

infuziya uchun eritma.


🧪 Ta’rifi:

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.


👉 Qoʻllanilishi:

Yurak-qon tomir kasalliklari: yurak va bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, periferik qon tomirlari aterosklerozi, shu jumladan o‘xtin-o‘xtin cho‘loqlikning ko‘rinishlari, diabetik angiopatiya, yuark ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o‘tkazilgan o‘tkir miokard infarkti yoki miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishidan keyingi kechki davr, surunkali yurak yetishmovchiligi, stenokardiya, giperxolesterinemiya;

Pulmonologiyada: o‘pkaning surnkali obstrutiv kasalligi, idipatik o‘pka gipertenziyasi, surunkali postembolik o‘pka gipertenziyasi;

Akusherlikda: preeklampsiya, homilani o‘sishini tutilishi;

Gepatologiyada: turli etiologiyali o‘tkir va surnkali gepatit, jigarning o‘tkir va surunkali toksik shikastlanishlari (qo‘ziqorin, alkogol, dori vositalari, kimyoviy agentlar bilan zaharlanish); Imunologiyada/onkologiyada: immunomodulyator sifatida;

Modda almashinuvini buzilishi: giperammoniyemiya, metabolik alkaloz, giperxolesterinemiya;

Endokrinologiyada: Gipofiz tomonidan o‘sish gormonining ajralib chiqishini rag‘batlantirish, ayrisimon bez faoliyatini pasayishi, II tur qandli diabetini kompleks davolashda, diabetik angiopatiya, o‘sishni buzilishida diagnostik vosita sifatida qo‘llanadi;

Neonatalogiyada: chala tug‘ilgan bolalarda nekrotik enterokolitni oldini olish, chala tug‘ilgan bolalarda retinopatiyani oldini olish;

Gipoksik va ishemik holatlarni oldini olish va davolash; Astenik holatlar.


Glovertin


📜 Preparat haqida asosiy ma’lumotlar

Tarkibi:

faol moddalar: arginin gidroxloridi – 4,2 g;

Yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 100 ml gacha.


💧 Ta’sir etuvchi modda(XPN):

arginin gidroxloridi