Qachon dori ichmaslik kerak?

❓Qachon dori ichmaslik kerak?


🔘 Quyidagi holatlarda dori ichishdan saqlanish lozim.


🔻Homilador yoki emizikli onalar juda ham zarur bo‘lmagunga qadar dori qabul qilmasliklari kerak.

🔻 Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga dori ishlatishda ehtiyot bo‘ling. Ularga har qanday dori berishdan avval tibbiy maslahat oling.

🔻Oshqozon yarasi bor odamlar tarkibida aspirin moddasi bor dorilardan o‘zlarini tiyishlari kerak.

🔻Og‘riqni qoldiruvchi dorilar va steroid garmonlar yaralarga yomon ta’sir qiladi va ovqat hazmini buzadi.

🔻Sariq kasalligi bilan og‘rigan odamlar antibiotik yoki boshqa kuchli dorilar bilan davolanmasliklari kerak, chunki ularning jigari shikastlangan bo‘ladi. Shunga ko‘ra dorilar organizmni zaharlashi mumkin.


@doridarmonlar