ODESTON tabletka

Odeston tabletka


#Одестон таблетка


?DORI SHAKLI : ?


Tabletka


?TARKIBI : ?


Gimekromon — 200 mg dozada.


?TA’SIRIGA KO’RA ?


O’t haydovchi va spazmolitik ta’sirga ega vosita.


?QO’LLANILISHI ?


— O’t suyuqligini ajralishini normallashtiradi.


— O’t yo’llari torayib qolganda , kengaytirib o’t ajralishini ta’minlaydi.


— Surunkali xolesistitda , xolangitda va xolelitiazda buyuriladi.


— O’t yo’llari va o’t qopida o’tkazilgan operatsiyalardan keyingi davrlarda buyuriladi.


— Ishtaha susayganda , ko’ngil aynish va qusishda o’t qopi va suyuqligi funksiyasi buzilishi sabab bo’lgan holatlarda buyuriladi.


— O’t safro suyuqligini hosil bo’lishini oshiradi va uni o’t yo’llari orqali ajralishini yaxshilaydi.


— O’t qopida safroni dimlanishini kamaytiradi.


— Xolesterinning to’planishini va o’t toshlarining hosil bo’lishini kamaytiradi.


— O’t suyuqligi ajralmaslik oqibatidagi qabziyatlarda buyuriladi.


?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?


Ovqatdan yarim soat oldin qabul qilinadi.


Kattalarga kuniga 1 tabletkadan 3 mahal buyuriladi. Davolanish kursi — 2 — 3 hafta .


7 yosh va undan kattalarga kuniga 1 tabletkadan 1 — 3 mahal buyuriladi. Davolanish kursi 2 — 3 hafta.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Diareya ( ich ketishi ).


— Meteorizm ( qorinda dam bo’lishi ).


— Qorinda og’riq kuzatilishi mumkin.


— Bosh og’rigi va allergik reaksiyalar ham kuzatilishi mumkin.


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.


— Buyrak va jigar yetishmovchiligida mumkin emas.


— Yarali kolitda va kron kasalligi kabi ichak kasalligida .


— Me’da ichak va 12 barmoq ichak yara kasalligida mumkin emas.


— Gemofiliyada ( qon ketganda to’xtovsiz ketishi ) kabi xolatlarda mumkin emas.


— 7 yoshdan kichik bolalarda mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?

▶Homiladorlik davrida shifokor bilan maslahat qiling .


▶Tabletkalarni ikkiga bo’lish mumkin emas.


?NARXI ?


? 50 taligi — 84 000 so’m


?Qo’llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Polsha


@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,, ТАБЛЕТКА » kanali