Betaspan depo
#Бетаспан депо
?DORI SHAKLI ?
Ineksiya uchun suspenziya — 1 ml ampulada chiqariladi.
?TARKIBI ?
Betametazon dipropionat va betametazon natriy fosfat .
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Glyukokortikosteroid vosita. Yalliglanishga , allergiyaga , shokka va toksik holatlarga qarshi vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— Suyak , mushak va yumshoq to’qima kasalliklarida.
— Revmatoid artit va osteoartroz kabi bo’g’im va suyak kasalliklarida.
— Bursitda , spondiloartrit va epikondilitda qo’llaniladi.
— Allergik kasallikarda va bronxial astmada qo’llaniladi.
— Mavsumiy rinitda va allergik bronxitda qo’llaniladi.
— Teri kasakliklarida va dermatitlarning barchasida qo’llaniladi.
— Kattalarda va bolalarda leykoz kasalligida qo’llaniladi.
— Bo’g’im kasalliklarida qo’llaniladi.
— Qizil yassi temiratkida va insulin ko’p qabul qilinganlik asorati hisoblangan lipodistrofiyada qo’llash mumkin.
— Kistasimon husnbuzarda , kelloid chandiqlarda va psoriazda .
— Radikulitda va bo’yin qiyshayishida qo’llash mumkin.
— Yarali kolitda, kron kasalligida qo’llash mumkin.
— Dori allergiyasi va hasharotlar chaqqandagi allergiyada qo’llash mumkin.
?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?
Preparatni mushak ichiga yuboriladi. Bo’g’im ichiga va teri ichiga ham yuborsa bo’ladi.
Preparatni shifokor nazorati va maslahati bilan qo’llang.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Natriyning organizmda oshib ketishi .
— Surunkali yurak yetishmovchiligi va qon bosimi oshishi kuzatiladi.
— Pankreatit , me’da ichak yarasi kuzatilishi mumkin.
— Menstrual siklning buzilishi kuzatilishi mumkin.
— Glaukoma va angionevrotik shish kuzatilishi mumkin.
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Miya shishida mumkin emas.
— Virusli va bakterial kasalliklarda og’ir holatlarda mumkin emas.
— Gastrit , ezofagit va me’da oshqozon ichak va 12 barmoq ichak yara kasalliklarida mumkin emas.
— O’tkir va o’tkir osti miokard infarktida va yurak yetishmovchiligining og’ir shaklida mumkin emas.
— Itsenko kushing kasalligida , tireotoksikozda va gipotireozda mumkin emas.
— O’tkir va surunkali jigar va buyrak yetishmovchiligida mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— Vena ichiga yuborish mumkin emas.
?NARXI ?
5 ta ampulasi — 114 000 so’m
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina
@FARMAKOLOGIYA_TTA
@KANAL_MUNDARIJASI
,, ТАБЛЕТКА » kanali