BROMGEKSIN sirop

Bromgeksin sirop


#Бромгексин сироп


?DORI SHAKLI : ?


Sirop


?TARKIBI ?


Bromgeksin gidroxlorid


?TA’SIRIGA KO’RA ?


Balg’am ko’chiruvchi vosita


?QO’LLANILISHI ?


— Balg’am ajratadi va yopishqoqligini kamaytiradi.


— O’pkaning surfaktant moddasini sintez qilishini rag’batlantiradi.


— Nafas yo’llarining surunkali va o’tkir yallig’lanish kasalliklarida , infeksiya oqibatida kelib chiqqan holatlarda ham qo’llaniladi.


— Bronxial astmaning infeksion allergik shaklida .


— Bronxoektatik kasalligida qo’llash mumkin.


— O’pka tuberkulyozi va bronxlarning sekret hosil qilishi buzilganda qabul qilinadi.


— Bronxografiyadan keyin kontrast moddani chiqishini tezlashtirish uchun ham qo’llaniladi.


— Balg’amli yo’tal holatlarida yaxshi ta’sirga ega.


— Surunkali pnevmoniyada qo’llash mumkin.


?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?


Ovqat qabulidan qat’iy nazar ichga qabul qilinadi.


Kattalarga va 10 yoshdan katta bolalarga 2 — 4 choy qoshiqdan kuniga 3 — 4 marta buyuriladi.


2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda 0,5 va 1 choy qoshiqdan kuniga 3 marta buyuriladi.


6 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan bolalarga 1 — 2 choy qoshiqdan kuniga 3 marta buyuriladi.


Preparatning ta’siri odatda


24 — 48 soatdan keyin ba’zida davolash kursi boshlangandan 4 — 6 sutkadan keyin namoyon bo’ladi.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


Preparat uzoq muddat qo’llanganda ko’ngil aynish , qusish , yara kasalliklarini zo’rayishi , teri toshmasi va rinit , bosh og’rigi va aylanishi kuzatilishi mumkin.


QO’LLASHGA QARSHI KO’RSATMA ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.


— Xomiladorlikning birinchi 3 oyligida qabul qilish mumkin emas va emizish davrida mumkin emas.


— Me’da va ichak yaralarining og’ir formalarida mumkin emas.


?ADMIN MASLAHATI ?

▶Meda va ichak yaralarining og’ir formalarida va qon ketish holatlarida mumkin emas. Kasallikning boshlangich va o’rta formalarida shifokor bilan maslahat qiling.


▶Asosan bromgeksin siropini yo’tal bo’lganda yosh bolalarga buyuriladi. Preparat balg’amni ko’chirib , balg’am yopishqoqligini kamaytiradi. Siropini yosh bolalarga bergan ma’qul . Kattalar esa tabletkasini qabul qilganlari yaxshi.


▶Homiladorlik davrining birinchi 3 oyligida qabul qilish mumkin emas ❌ . Boshqa davrida esa shifokor maslahati bilan.


?NARXI ?


? Sirop ( Germaniyaniki ) — 18 ming so’m


? Sirop ( Uzbekistanniki ) — 4000 so’m.


?Bromgeksin tabletka Germaniyaniki — 14 ming so’m ( 25 donasi ).


?Bromgeksin tabletka Rossiyaniki — 1000 so’m ( 10 donasi ) .


?Qo’llash — retseptsiz


?Ishlab chiqaruvchi — Germaniya, Rossiya, Uzbekistan


@FARMAKOLOGIYA_TTA


@KANAL_MUNDARIJASI


,,ТАБЛЕТКА » kanali