Ersefuril kapsula
#Эрсефурил капсула
?DORI SHAKLI : kapsula
?TARKIBI : ?
Nifuroksazid moddasi.
?TA’SIRIGA KO’RA ?
Ichak mikrob infeksiyalariga qarshi vosita. Diareyaga qarshi ta’sirga ega. Nitrofuranlar gruppasiga oid vosita.
?QO’LLANILISHI ?
— O’tkir bakterial diareyada qabul qilinadi.
— Ichak mikrobli infeksiyalarida qabul qilish buyuriladi.
— Ovqatdan zaharlanishda , doridan zaharlanganda va boshqa holatlarda ichakdagi intoksikatsiyalarda ya’ni zaharlanishlarda qabul qilinadi.
— Ichakdagi mikrobli infeksiya asoratidan kelib chiqqan isitma ko’tarilishida qabul qilish mumkin.
?QO’LLASH USULI ?
Kattalar har 6 soatda 1 kapsula qabul qilishlari mumkin. Shunda kuniga 3 — 4 kapsula qabul qilishlari mumkin.
6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 kapsuladan 2- 3 marta qabul qilishlari mumkin.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda kuniga 1 kapsuladan 1 — 2 marta qabul qilishlari mumkin.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Teri toshmalari , kvinke shishi va qichishishi kuzatilishi mumkin.
— Ichak mikroflorasining biroz buzilishi kuzatilishi mumkin .
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— 3 yoshdan kichik bolgan bolalarga mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
——————————————————
?ERSEFURIL KAPSULASI ANALOGI QAYSILAR ? ?
?Qo’llash — retseptsiz
?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya.
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali