Artoksan ampula
#Артоксан ампула
?Dori shakli : ?
Eritma tayyorlash uchun liofizilat kukun ko’rinishida, erituvchisi o’zi bilan quti ichida.
?Tarkibi : ?
tenoksikam moddasi
?Ta’siriga ko’ra ?
Og’riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega.
Ko’pincha bo»g’im kasalliklarida qo’llaniladi.
?QO’LLANILISHI ?
— Osteoartritda
— Revmatoid artritda
— Spondilit va bursit kabi bo’g’im kasalliklarida
— Podagra kasalligida
— Pay bo’g’im kasalligida
— Tendovaginitda
— Mushaklar , bo’g’imlar , nervlar og’rig’i sindromida , yani mialgiya, artralgiya va nevralgiyada
— Migrenda qo’llaniladi ( tabletka , kapsulasi ham bor)
— Travma va travmadan keyingi og’riqlarda
— Kuyishda
?QO’LLASH USULI ?
Mushak ichiga va vena ichiga yuborish mumkin. Kuniga 1 ampula flakonini eritib yuboriladi. Vena ichiga sekin yuboriladi ( kamida 20 sekund vaqtda).
?NOJO»YA TA’SIRI ?
— Ko»ngil aynish, qusish, diareya va jig’ildon qaynashi
— Taxikardiya va qon bosimi oshishi kuzatiladi
— Bosh aylanishi va bosh og’rig’i
— Teri toshmalari , teri qichishishi
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Meda ichaklardagi yarada va qon ketishlarda , meda ichak teshilganda qabul qilish mumkin emas.
— Meda ichaklar yallig’lanishida va kron kasalligi va kolitda ( yo’g’on ichak yallig»lanishi ) mumkin emas.
— Og’ir buyrak va jigar kasalliklarida mumkin emas.
— Bronxial astma kasalligida mumkin emas.
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
— 18 yoshdan kichiklarga mumkin emas
——————————————————-
?ARTOKSAN ANALOGLARI ?
?Preparatni shifokor maslahati bilan qabul qiling.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Turkiya
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА » kanali