Nikotin kislotasi — Vitamin preparat hisoblanadi.

?Nikotin kislotasi — Vitamin preparat hisoblanadi.


1% — 1 ml ampulada chiqadi.


#Nikotin kislotasi ampulasi

#Никотин кислотаси ампуласи


?Dori shakli : ?


ineksiya uchun eritma ( ampula ).


?TARKIBI ?


Nikotin kislotasi — 10 mg .


?Ta’sir qilishiga ko’ra ?


Vitamin vosita


?QO’LLANILISHI ?


— Organizmda vitamin PP tanqisligini o’rnini to’ldiradi

— Qon tomirlarni kengaytirib , qon bosimini tushiradi

— Qonda xolesterin miqdorini pasaytiradi

— Qo’l oyoqlarning qon tomirlari kasalligida ( reyno kasalligi , ishemik insultda va yuz nervining shamollashida )

— Ishemik insultda , yani bosh miyaning qon bilan yaxshi ta’minlanmaslik holatida qabul qilinadi


?QO’LLASH USULI ?


Mushak orasiga , teri ostiga va vena ichiga yuborish mumkin.


Vena ichiga yuborish uchun ampulani 0,9 % li 10 ml natriy xlor ampulasida suyultirilib 5 minut davomida sekin venadan jo’natish kerak.


0,9 % li natriy xlor osmasiga qo’shib jo’natsa ham bo’ladi. Bunda osmaga 1 ampula qo’shiladi.


Kuniga 1- 2 ampula yuborish mumkin .


Teri ostiga va mushakka jo’natish og’riqli boladi.


Venaga sekin jo’natish kerak.


?NOJO’YA TA’SIRI ?


— Bosh aylanishi , bosh og’rigi

— Boshga qon quyilib kelish xissi

— Teri toshmalari , qichishishlar

— Qon bosimi tushishi kuzatiladi


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda

— Meda ichakning yara kasalligida

— Jigarning yaqqol faoliyati buzilishida

— Yaqinda o’tkazilgan miokard infarktida

— Qandli diabetda mumkinmas

— Podagra kasalligida

— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas

— 18 yoshdan kichik bo’lganlarga mumkin emas

— Glaukomada

— Qon ko’p ketgan holatlarda qo’llash mumkin emas

— Qon bosimi past yuradiganlarda mumkin emas.

— Gepatitda va jigar sirrozi kasalligi bor kishilarda mumkinmas

— Aterosklerozda mumkinmas



?ESLATMA : Nikotin kislotasini fan tilida ,, vitamin PP» ham deydi .


Ishemik insult kasalligida faqat venaga yuboriladi ( sekin ).


?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Uzbekistan