Kontriven ampula
#Контривен ампула
?Dori shakli : ?
ineksiya uchun eritma ( ampula)
?Tarkibi : ?
Aprotinin moddasi va natriy xlorid , ineksiya uchun suv
?Ta’sir qilishiga ko’ra ?
Proteinazalar ingibitori
?QO’LLANILISHI ?
— Yallig’lanishga qarshi ta’sirga ega
— Operatsiyadan keyingi qon ketishlarda qo’llaniladi ( asosiy vazifasi )
— Yurakning toj arteriyalari va boshqa qon tomirda o’tkazilgan shuntlash davomida va keyingi holatlarda katta miqdordagi qon ketishini oldini olish maqsadida
— Ochiq yurakda operatsiya o’tkazish vaqtida qon ketish xavfi bo’lganda qo’llaniladi.
?QO’LLASH USULI ?
Preparat vena ichiga yuboriladi yoki osma ichiga qo’shib jo’natsa ham bo’ladi.
Preparatni faqatgina mutaxassis shifokor maslahati bilan qo’llang ( esda saqlang) .
Bu oddiy preparat emas. Shu sabab shifokor maslahati bilan , undayam shifokor o’zi qo’llaydi ( esda saqlang ).
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Qon bosimi tushishi va pulsni tezlashishi kuzatiladi
— Ko’ngil aynish , qusish
— Bronxial astma zo’rayishi mumkin
— Teri toshmasi va teri qichishishi
— Ongni chalkashishi
— Xansirash , kuchli terlash
— Yurakning mushak qavatining qon bilan ta’minlanishi buzilishi
— Yurak arteriyalarida tromb hosil bo’lishi ( kam xollarda)
— Taxikardiya va isitma ko’tarilishi kuzatilishi mumkin
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— DVS sindromida ( qon tomir ichida qonni ivib qolishi kasalligida ) mumkin emas
— Ushbu preparatni qabul qilishdan oldin IgG ga ( immunoglobulin G antitelosi ) sinama o’tkazmasdan oldin qabul qilish mumkin emas ( davolovchi shifokor o’zi biladi )
— Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Ukraina
@Farmakologiya_TTA
,, ТАБЛЕТКА» kanali