Figurin kapsula
# Фигурин капсула
?Dori shakli : kapsula
?Tarkibi : Orlistat — 120 mg.
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA 😕
Lipaza fermenti ingibitori bo’lib , ozdiruvchi ta’sirga ega. U oshqozon va pankreatik lipazani ingibirlaydi, oqibatda yog’lar parchalanmaydi.Parchalanmagan yog’lar so’rilmaydi. Organizmga yog’ tushmagandan keyin u zahira yog’ni sarflay boshlaydi. Shu tariqa ozish jarayoni yuz beradi.
?QO’LLANILISHI ?
— Ortiqcha vazn ni yo’qotish uchun
— Qandli diabetning ikkinchi tipidagi ortiqcha tana massasiga ega bo’lganda .
— Tana vazni tez oshuvchi kishilarga va ozishni xoxlovchilar uchun buyuriladi
?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?
1 kapsuladan kuniga 3 mahal qabul qilinadi. Ovqat vaqtida yoki ovqatlanishdan 1 soat o’tgach qabul qilinadi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Qabziyat ( ich qotishi)
— Qorinda noqulaylik xissi
— Meteorizm ( qorin dam bo’lishi).
— Ichaklarda og’riq
— Tishlar va milkning zararlanishi
— Bosh og’rig’i
❌QO’llASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Ozg’in bo’lgan tana tuzilishida
— Xolestazda
— Buyrak faoliyati normal bo’lmagan bemorlarda ( ozg’in kishilarda ayniqsa ).
— Homiladorlik va emizish davrida.
— 18 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish mumkin emas.
— Har qanday operatsiyadan oldin va keyin qabul qilish mumkin emas.
— Buyrak ko’chirib o’tkazish kabi operatsiyalardan keyingi holatda ham mumkin emas.
?ADMIN MASLAHATI : ?
Ozish uchun bunaqa dori preparatlarini qabul qilishdan oldin sport bilan shug’ullanish kerak. Ko’proq yurish yoki yugurish kabi mashg’ulotlar bilan shug’ullanish kerak. Ovqatlardan yog’li va uglevodli shirinliklarga diyeta qilish kerak. Doimiy karamli ovqat qilib iste’mol qilish kerak ( ovqatga karam solinsa , ya’ni karamli ovqatlar ham samarali ozdiradi ) . Agar natija bo’lmasa undan keyin shifokor maslahati bilan figurin preparatini qabul qilsangiz bo’ladi.