LINEKS poroshok

Lineks


#Линекс


?Dori shakli : ?


Suspenziya tayyorlash uchun kukun . Probiotik vosita hisoblanadi.


?Tarkibi ?


Sut kislotali bakteriyalar . Bifidumbakteriyalar


?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?


Bolalarda ichak mikroflorasini normallashtiruvchi vosita


?QO’LLANILISHI ?


— Ichak mikroflorasi buzilgan holatlarda qabul qilinadi


— Emizikli bolalarda va kattaroq yoshli bolalarda me’da ichak yo’llaridagi virusli va bakterial infeksiyalarda buyuriladi


— Rotavirus infeksiyalarida qabul qilinadi


— Antibiotiklar bilan davolanish paytida bir vaqtda qabul qilinadi.


— Diareyada , ya’ni ich ketishda buyuriladi


— Meteorizmda , ya’ni qorin dam bo’lganda


— Ovqat hazm qilish buzilganda


davolash va profilaktika maqsadida


?QO’LLASH USULI ?


Lineksni ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi. Lineks poroshogini ,ya’ni suspenziya tayyorlash uchun kukun holatda bo’ladi. Pachkasida 20 dona massasi 1, 5 gr ko’rinishda bo’ladi. Sutkasiga 1 marta beramiz bolaga.


?Kapsulasini esa ?


Agar bola kapsulani yuta olmasa kapsulani ochib ichidagi kukunni qoshiqqa solish va bola uni yuta oladigan miqdordagi suyuqlikda eritib berish lozim.


Emizikli va 2 yoshgacha bo’lgan bolalar 1 kapsuladan sutkada 2 marta qabul qilishi mumkin.


2 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalar 1 — 2 kapsuladan sutkada 3 marta


12 yoshdan oshganlar uchun 2 kapsuladan sutkada 3 mahal berish mumkin


?NOJO’YA TA’SIRI ?


Nojo’ya ta’siri deyarli yo’q.


❌QO’LLASH MUMKINMAS ?


—Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda


— Homiladorlik davrida mumkin emas


?ADMIN MASLAHATI ?


?Preparatni bolalarga tana harorati 38 C dan oshganda berish kerakmas.


?2 kun ichida diareya to’xtashi qiyin bo’lganda , preparat ni qabul qilishni to’xtatish kerak.


?Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas.