ESSENSIAL ampula

Essensial H  ampula

#Эссенсиал Н ампула

?Dori shakli : ?

 Ineksiya uchun eritma — 5 ml

?Tarkibi : ?

Xolin va soya dukkaklaridan olingan fosfolipid .

?Ta’sir qilishiga ko’ra ?

Gepatoprotektor vosita

?QO’LLANILISHI ?

— Qandli diabetdagi jigar faoliyati buzilishida

— Surunkali va o’tkir gepatitlarda

— Jigar sirrozida

— Jigarning yog’li distrofiyasida

— Jigarning toksik shikastlanishida qabul qilinadi.

— Alkogol natijasida kelib chiqqan gepatitlarda

— Jigar faoliyati buzilishida

— Xomiladorlik toksikozida qabul qilinadi

— O’t safro toshlari xosil bo’lishini qaytalanishini oldini olish

— Psoriaz kasalligida ( yordamchi vosita sifatida )

— Radiatsion nurlanishda samarali vosita

— Jigar hujayralarini oziqlantiradi

— O’t safro faoliyatini normallashtiradi

— Jigar hujayralari nekrozida

— Jigar komasida va koma oldi holatida qo’llaniladi

— Jigar operatsiyasidan oldingi va operatsiyadan keyingi holatlarda

?QO’LLASH USULI ?

Preparat vena ichiga yuboriladi. Sutkasiga 1 — 2 ampula yuborish mumkin.( sekin yuboring ).

?NOJO’YA TA’SIRI ?

— Diareya holati kuzatilishi mumkin

— Terida allergik reaksiyalar ( kam xollarda ).

— Teri qichishishi , eshakyemi , teri toshmalari

❌QO’LLASH MUMKINMAS ?

— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda

— 3 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas

?ADMIN MASLAHATI ?

?Essensial H ampulasini glukoza osmasiga qo’shish mumkin. Lekin izotonik eritmalarga qo’shib bo’lmaydi. Masalan natriy xlor osmasiga va ringer kabi osmalarga qo’shib jo’natib bo’lmaydi.

?Preparat faqat venaga yuboriladi. Mushakka yuborib bo’lmaydi ( esda saqlang ). Mushakka yuborilganda yuborilgan joy da shikastlanish kuzatilgan.

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Fransiya , Ispaniya

@Farmakologiya_TTA

,, ТАБЛЕТКА » kanali