5 — Nok tabletkasi — keng ta’sirga ega antibiotik

? 5 — Nok tabletkasi — keng ta’sirga ega antibiotik. Siydik yo’llari yallig’lanishi va infeksiya holatlarida juda samarali vosita.


?Analogi — nitroksolin tabletkasi .


#5 — Nok tabletka

#5 — Нок таблетка


?Tasir etuvchi modda 😕


nitroksolin — 50 mg.


?Dori shakli: tabletka


? Tasir qilishiga ko’ra : ?


Tizimli qo’llash uchun antibakterial vosita.


?Qo’llanilishi : ?


— Asosan siydik chiqarish yo’llarining infeksion yallig’lanish kasalliklarida ( piyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit)

— Prostata bezining infeksiyalangan adenomasi yoki karsinomasida.

— Buyrak va siydik chiqarish yo’llarining operatsiyasidan keyingi infeksion asoratlarni oldini olishda.

— Sistitda samarali vosita

— Peshob ajratganda siydik yo’llarining og’riqli va achishish holatlarida qabul qilinadi.


?Qo’llash usuli va dozasi ?


— Ichga qabul qilinadi.Ovqatlanishgacha yoki ovqatdan keyin 1 — 2 soat o’tgach qabul qilgan afzal.


— Kattalar : o’rtacha sutkalik doza 200 mg ( sutkada 1 tabletkadan 4 marta). Zarurati bo’lganda sutkada 2 tabletkadan 4 marta qabul qilish mumkin.


— Yosh bolalarga : 5 yoshdan oshgan bolalarga sutkasiga 1 tabletkadan 4 marta


?Nojo’ya tasiri ?


— ko»ngil aynish , qusish , diareya

— Jigar faoliyatining buzilishi

— Teri toshmalari

— Bosh ogrigi, bosh aylanishi

— Allergik reaksiyalar

— Taxikardiya ( yurak urish soni ko’payishi ) .


? Qo’llashga qarshi ko’rsatma ?


— Preparatga o’ta yuqori sezuvchanlikda

— Katarakta

— Buyrak yetishmovchiligida

— Jigar yetishmovchiligida

— Xomiladorlik va emizish davrida

— Malabsorbsiyada



?ADMIN MASLAHATI ?


? 5 — nok preparatini qabul qilgandan keyin peshob qizil rangda ajraladi. Bu zararsiz holat. Xavotir olmang.


?Xalq orasida bu preparatni yana ,, Pyatnok » ham deydi. ( ruscha tarjimada ).


Peshob ajratganda siydik yo’llarining achishishi va og’riqli holatlari da , ya’ni sistitda juda juda zo’r ta’sirga ega.


?Qo’llash — retseptsiz

?Ishlab chiqaruvchi —Sloveniya